Özbekistonda Janubiy Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq yirik korrupsion sxema foş etildi. S8 club moliyaviy piramidasi mömay daromad va’dasi bilan odamlarni aldamoqda. Özbekistonning ilk kosmonavti 2028 yilda koinotga uçiriladi. Toşkentda «Mingörik – Çilonzor buyum bozori» metro liniyasi quriladi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Özbekistonda Janubiy Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq yirik korrupsion sxema foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departament Janubiy Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq yirik korrupsion sxemani foş etdi.

Tergovda ma’lum bölişiça, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari va boşqa şaxslar jinoiy guruh tuzib, Janubiy Koreyaga işga yuboriş uçun rasmiy tölovlardan taşqari fuqarolardan 7-12 ming dollardan qariyb 90 million dollar yiğgan. Migratsiya agentligida bölim boşliği bölib işlagan 35 yoşli Azizbek Toştemirov Interpol liniyasi orqali xalqaro qidiruvga berilgan. U firibgarlik jinoyatida ayblanmoqda.

Kun.uz Janubiy Koreyaga işga boriş jarayonida korrupsion sxema borligi haqida 2023 yilda bir qator suriştiruvlar e’lon qilgan, huquq organlarini taftiş qilişga çaqirgan edi. Lekin tegişli idoralardan heç qanday reaksiya bölmadi, tanqidlarni hazm qilolmagan Migratsiya agentligi esa Kun.uz ustidan AOKAga şikoyat qilgan edi.

«Butun Özbekiston işli böladi» – S8 club moliyaviy piramidasi odamlarni qanday aldamoqda?

Özbekistonda moliyaviy piramidalar heç töxtamayapti – biri yopilsa, ikkinçisi oçilyapti. Rossiyada paydo bölib, Özbekistonga ham kirib kelgan LumenX S8 club nomli moliyaviy piramida treyderlik orqali kunlik daromad taklif qilmoqda. Göyoki kriptovaluta birjasida token sotib oliş orqali savdo qilinadi va foyda olinadi.

Tarğibot Telegram’dagi bir neçta guruhlarda olib borilmoqda. Moliyaviy piramidaga qöşiliş uçun maxsus ilova orqali röyxatdan ötiladi. Söngra har kuni signal kelgan paytida a’zolarga maxsus kod aytiladi. Uşbu kod orqali signal bosiladi va «daromad olinadi».

Signal elementi şunçaki bir xörak. Bu odamlarni daromad göyoki treyderlik ortidan kelayotganiga işontiruvçi vosita. Aslida esa uşbu guruhda ham pul tegirmoni barça an’anaviy moliyaviy piramidalar kabi depozit qöyiş va yangi odamlar jalb qiliş orqali aylantiriladi.

Özbekistonning ilk kosmonavti 2028 yilda koinotga uçiriladi

Ilk milliy kosmonavtni 2028 yil oktyabriga qadar koinotga uçiriş rejalaştirilgan. Bu haqda «Özbekkosmos» agentligi direktori örinbosari Muhiddin Ibrohimov ma’lum qildi.

Uning aytişiça, parvoz 14 kun davom etadi. Hozir inson iştirokidagi kosmik parvozlarni amalga oşiriş imkoniyatiga ega uçta davlat — AQŞ, Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Nomzodlar uçun quyidagi talablar belgilangan: yoşi 27-40, oliy ma’lumotli, böyi 160-190 sm, vazni 50-95 kg, xorijiy tillarni bilişi. Kosmonavt umummiliy tanlov asosida saralab olinadi.

Toşkentda «Mingörik – Çilonzor buyum bozori» metro liniyasi quriladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 13 may kuni Toşkent metropolitenida yölovçilarga xizmat körsatiş sifati va xavfsizligini ta’minlaş hamda infratuzilmadan foydalaniş samaradorligini oşiriş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Ta’kidlanişiça, yölovçilar xavfsizligini kuçaytiriş maqsadida «Şahriston» metro bekati platformalarida sinov tariqasida oynali himoya tösiqlarini örnatiş taklif etildi. Xalqaro tajribaga köra, bunday tösiqlar platformalardagi baxtsiz hodisalarni 80-90 foizgaça kamaytiriş imkonini beradi.

Yana bir muhim yönaliş – yangi liniyalar qurilişi. Xususan, «Mingörik – Çilonzor buyum bozori» metropoliten liniyasi böyiça loyiha baholaş hujjatlarini işlab çiqiş rejalaştirilgan. Birinçi bosqiçda «Mingörik – Janubiy vokzal» yönalişi, ikkinçi bosqiçda esa «Janubiy vokzal – Çilonzor buyum bozori» yönalişini quriş imkoniyatlari örganiladi.