Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer mamlakatda 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlanganini tasdiqladi. Bu haqda u Dauning-stritdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi The Guardian.

«Bugun mamlakatimiz uçun muhim kun. Bu katta qadam, farzandlarimiz va kelajagimiz uçun haqiqiy özgarişdir. Çunki bugun men hukumat 16 yoşgaça bölgan barça bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kirişni taqiqlaşini e’lon qilişim mumkin», dedi Starmer.

Boş vazirning sözlariga köra, Britaniyadagi aksariyat ota-onalar bunday qarorni qöllab-quvvatlagan. Uning ta’kidlaşiça, taqiqni çetlab ötişga uringan ösmirlar jazolanmaydi. Hukumat kelasi yil boşiga qadar taqiqni joriy etişga umid qilmoqda. Boş vazir britaniyalik ösmirlar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlaş allaqaçon hukumat tomonidan yirik texnologiya kompaniyalari bilan muhokama qilinganini eslatdi.

Bungaça Britaniyada ösmirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi uçun «komendantlik soatini» joriy etiş böyiça tajriba ötkazilgan edi. Olti haftalik sinov loyihasida butun mamlakat böylab 300 nafarga yaqin voyaga yetmagan bola iştirok etdi. Tadqiqotçilar potensial çeklovlar ösmirlarning ruhiyatiga qanday ta’sir qilişini bilişga urinişdi. Çeklov variantlari orasida ijtimoiy tarmoqlarni töliq taqiqlaş, ulardan foydalanişni kuniga bir soatga çeklaş va ulardan foydalaniş uçun tungi komendantlik soati muhokama qilindi.