8 iyul kuni Buyuk Britaniya boş vaziri devoni Deep Precision Strike («Yuqori aniqlikdagi uzoq masofali zarba») loyihasining işga tuşirilganini e’lon qildi, deb xabar berdi BBC. Uşbu taşabbus Turkiyaning Anqara şahrida bölib ötayotgan NATO sammitida muhokama qilinadigan mavzulardan biriga aylanişi kutilmoqda. Boş vazir Kir Starmer Buyuk Britaniya hukumati rahbari sifatidagi sönggi NATO sammitida iştirok etmoqda.
Starmer yangi raketa dasturini birgalikda işlab çiqişni muhokama qiliş uçun önga yaqin davlat rahbarlari bilan alohida uçraşuv ötkazadi.
«Çuqur zarba»
NATOning eng zamonaviy qurollaridan biri deb atalayotgan Deep Strike (sözma-söz tarjimasi «Çuqur zarba») turidagi yangi raketa tizimi qariyb 300 km masofadagi nişonlarga yuqori aniqlikda zarba beriş uçun möljallangan, kelajakda esa uning masofasi 2 ming km gaça oşirilişi mumkin.
Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer London boşçiligidagi taşabbus «yevropalik ittifoqçilarni birlaştirişga yordam berişi va NATO xavfsizligini köp yillar davomida ta’minlaşini» ta’kidladi.
Britaniya taşqi işlar vaziri Ivett Kuper loyiha ustidagi işni «dunyo ança xavfliroq bölib qolganini anglaşning bir qismi» deb atadi.
«Gap kuçliroq NATO doirasida Yevropani qanday qilib yanada kuçliroq qiliş haqida ketmoqda», — dedi u Anqaradan turib BBC Breakfast dasturiga bergan intervyusida.
Biroq, boşqa köplab istiqbolli harbiy dasturlar singari, Deep Strike tizimining 2030-yillardan oldin foydalanişga tayyor bölişi dargumon.
Starmer Buyuk Britaniya va uning ittifoqçilari xavfsizligini ta’minlaşga «qat’iy bel boğlaganini» qayd etdi. «Biz yanada kuçliroq va köproq yevropalaşgan NATO yaratiş uçun oldinga qadam taşlaşimiz kerak», — dedi u.
Britaniya hukumati 2030 yilgaça 300 mlrd funt sterling ajratişni közda tutuvçi Mudofaa sarmoyalari rejasini allaqaçon tasdiqlagan.
«Putin, NATO kuçaydi»
Anqaradagi sammitda Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Londonning fikriça, Rossiya Buyuk Britaniya va butun NATO uçun tuğdirayotgan tahdidni alohida ta’kidlaş niyatida. Britaniya hukumati ma’lumotlariga köra, NATO samolyotlari alyans mamlakatlari havo hududiga yaqinlaşayotgan Rossiya havo kemalarini tutib qoliş uçun 700 martadan ortiq havoga kötarilgan, Britaniya suvlari yaqinida Rossiya harbiy kemalarining faolligi esa 30 foizga oşgan.


















