26 iyul kuni Eronning yuqori martabali rasmiysi Reuters agentligiga bergan izohida «agar AQŞ xuddi şunday yöl tutsa», Eron ham öz hujumlarni töxtatişini ma’lum qildi.

Ismi oşkor etilmasligi şarti bilan gapirgan eronlik rasmiyga köra, Tehronning pozitsiyasi «'hujumga javoban hujumʼ bölib qolmoqda: agar hujumlar töxtasa, Eron ham öz operatsiyalarini töxtatadi. Bu xabar AQŞga yetkazib bölingan», deya rasmiyning sözlarini keltirmoqda naşr.

Eronning uşbu bayonotlari – prezident Donald Trampga uning maslahatçilari nişonlar tugab borayotgani va AQŞ arsenali kamayib borayotganidan xavotir bildirişgan vaqtda yuz berdi.

AQŞning Eronga qarşi 13 keça davom etgan şiddatli havo zarbalaridan söng, juma kuni keçqurun özining bombardimon kampaniyasini töxtatdi. Şanba va yakşanba kunlari AQŞ tomonidan heç qanday hujum qayd etilmadi. AQŞning har bir tungi hujumiga javob qaytarib kelayotgan Eron ham hozirça ikki kundan beri öt oçişni töxtatib turibdi.

Ammo, Eron rasmiysiga köra, Tehron Trampning zarbalarni töxtatişi – ularning pozitsiyasidagi özgariş ekanligiga unçalik umid qilmayapti.

«Hujumlarning töxtatilişiga nisbatan optimizmdan köra şubha-gumon kuçliroq. Ustuvor qaraş şundan iboratki, bu tanaffus samimiy emas, balki taktik xarakterga ega. Eron AQŞning hiyla-nayranglari borasida yetarliça aççiq tajriba töplagan», dedi manba.

AQŞda arsenal kamayib bormoqda

AQŞning BMTdagi elçisi Mayk Vols prezident Tramp diplomatiyaga köproq vaqt beriş uçun hujumlarni vaqtinça töxtatişga qaror qilganini aytdi. «U muzokaralarga biroz imkoniyat beryapti, biroz joy ajratmoqda», dedi Vols qöşimça tafsilotlarni keltirmasdan.

NBC telekanaliga bergan intervyusida Vols AQŞ harbiylarida «kerakli hamma narsa bor»ligini, ammo mudofaa vaziri Pet Hegset – lavozimiga kirişganida «zaxiralari kamaygan vaziyatni meros qilib olgani»ni aytdi.

Trampning zarbalarni töxtatiş qarori 24 iyul kuni bölib ötgan, yuqori martabali harbiy hamda siyosiy maslahatçilar iştirokidagi «uçraşuv»dan söng qabul qilingan.