Özbekiston xalqaro reytinglarda öz örnini yaxşiladi, alohida ehtiyojli bolalar uçun yangi imtiyozlar joriy etildi, Çinozdagi «Şarmandali mahalla» tajribasi esa keng muhokamalarga sabab böldi. Şuningdek, inflyatsiyaning sönggi körsatkiçlari, xorijdan naslli çorva mollari importi va boşqa muhim voqealar - şu va boşqa mahalliy yangiliklar bilan Kun.uz dayjyestida taniştiramiz.

Özbekiston xalqaro reytinglarda öz örnini yaxşiladi

Özbekistonning qator xalqaro reyting va indekslardagi körsatkiçlari yaxşilandi.

Xususan, Iqtisodiy erkinlik indeksida mamlakat 14 poğona yuqorilab, 184 davlat orasida 86-örinni egalladi. 60,3 ball bilan Özbekiston ilk bor «örtaça erkin» davlatlar qatoriga kirdi.

Şuningdek, Fitch Ratings va S&P Özbekistonning suveren kredit reytingi kutilmasini «ijobiy»ga oşirdi, Moody’s esa mamlakatning kredit reytingi bir poğonaga yuqoriladi.

Bundan taşqari, «Ayollar, biznes va qonun» indeksida Özbekiston 43 poğona kötarilib, 190 davlat orasida 48-örinni egalladi.

Alohida ehtiyojli bolalar uçun sinf oçgan xususiy maktablarga subsidiya beriladi

Endi esa ta’lim sohasidagi muhim yangilikka ötamiz. Prezident qarori bilan alohida ta’lim ehtiyoji bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.

Unga köra, korreksion sinflar taşkil etgan xususiy maktablarga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi. Şuningdek, ehtiyojmand bolalar assistiv jihozlar bilan vauçer tizimi asosida ta’minlanadi.

Nogironligi bölgan abituriyentlarga oliygohga kiriş imtihonlarida 50 foiz qöşimça vaqt beriladi hamda Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.

Çinozda «Şarmandali mahalla» va «Uyatli xonadon» yorliqlari joriy etildi

Kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda eng köp muhokama qilingan mavzulardan biri esa Çinoz tumanidagi holat böldi. Toşkent viloyatining Çinoz tumanida obodonlaştiriş talablariga javob bermaydigan hududlarga «Şarmandali mahalla» va ayrim uylarga «Uyatli xonadon» yorliqlarini osiş böyiça topşiriq berilgani muhokamalarga sabab böldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tuman hokimi mahalla va xonadonlarni şu tarzda belgilaş haqida körsatma berayotgani aks etgan. Keyinçalik mazkur video hokimlik sahifasidan öçirib taşlangan.

Ma’lum qilinişiça, mas’ullar xonadonlarning tozaligi va obodonlaştiriliş holatini örganib, natijalar böyiça hisobot taqdim etadi.

Özbekistonda yillik inflyatsiya 6,4 foizni taşkil etdi

Iqtisodiy yangiliklarga töxtalamiz. Özbekistonda 2026-yil iyul oyi yakuniga köra yillik inflyatsiya 6,4 foizni taşkil etdi.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, iyul oyining özida iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlari örtaça 0,1 foizga pasayib, deflyatsiya qayd etildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari arzonlaşişi umumiy inflyatsiyaning sekinlaşişiga hissa qöşgan bölsa, ayrim turdagi benzin, mobil aloqa xizmatlari va jamoat transporti narxlari esa oşgan.

Özbekistonga 250 mingdan ortiq naslli çorva moli olib kelinadi

Özbekistonda çorvaçilikni rivojlantiriş maqsadida Möğuliston, Xitoy, Yevropa davlatlari va Belarusdan naslli çorva mollari olib kelinadi.

Rejaga köra, Möğulistondan 150 ming boş qöy, Xitoy va Yevropa davlatlaridan 100 ming boş naslli qoramol, Belarusdan esa 2 ming boş naslli mol import qilinişi közda tutilgan.

Hukumat hisob-kitoblariga köra, mazkur çoralar natijasida mamlakatda yillik göşt işlab çiqariş hajmini qöşimça 44 ming tonnaga oşiriş rejalaştirilgan.

Qozoğistonlik fuqaro 2 kilogramm opiy bilan uşlandi

Navoiy viloyatida 2 kilogrammdan ortiq opiy bilan ketayotgan Qozoğiston fuqarosi uşlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga köra, uning yonidan 2 kilogramm 87 gramm opiy aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Tergovning dastlabki ma’lumotlariga köra, giyohvandlik vositasi avvaldan xufiya joyga yaşirib ketilgan bölib, xorijlik uni olib ketayotgan vaqtida qölga tuşgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

AQŞdagi özbek oilalarining moslaşuviga yordam beradigan platforma işga tuşdi

Xorijdagi vatandoşlarimizga oid yangilik bilan dasturni yakunlaymiz. AQŞda istiqomat qilayotgan özbek oilalarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan «Moslashuv markazi USA» platformasi işga tuşirildi.

Loyiha oilalarning yangi muhitga moslaşuvini yengillaştiriş, er-xotin va farzandlar örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş hamda psixologik qiyinçiliklarning oldini olişga qaratilgan.

Platformada oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, migratsiyaning oilaga ta’siri va AQŞ qonunçiligi böyiça amaliy maslahatlar muntazam e’lon qilib boriladi.