Ma’lum qilinişiça, odamlar orasida özini «Javohir» deb taniştirib yuradigan O. Naimov tumandoşi I. Murodullayevning yer sotib oliş niyatini bilib, unga Koson tumani hokimligi tomonidan 30 yil muddatga dehqon xöjaligi yuritiş uçun ijaraga berilgan 6 gektar yer maydonini xususiylaştirib berişni taklif qilgan.

U bu işni tuman hokimligining qişloq xöjaligi bölimida işlovçi qarindoşi orqali amalga oşirişini va’da qilib, evaziga 100 mln söm talab qilgan.

Biroq yerni rasmiylaştirişga oid heç qanday hujjat taqdim etmagan O.Naimov pulni oldindan topşirişga majburlab kelgan.

U Qaşqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida kimyoviy işlov berilgan 100 mln sömni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.