Bu haqda tört mamlakat taşqi işlar vazirlarining 27-avgust kuni yöllagan va DW ixtiyoriga kelib tuşgan qöşma maktubida söz boradi.

Maktub mualliflari keyingi qadam sifatida Yevropa komissiyasi texnik ekspertlariga YEI mamlakatlari bilan birgalikda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukraina manfaatlari yölida foydalanişning yangi mexanizmlarini işlab çiqiş va örganişni topşirişni taklif qilgan.

Bunda ehtimoliy xatarlar barça aʼzo davlatlar örtasida taqsimlanişi va biror mamlakat zimmasiga nomutanosib darajada katta yuk tuşmasligi kerakligi taʼkidlangan. Şuningdek, takliflarni baholaşda moliyaviy va iqtisodiy xatarlar hamda ularning xalqaro huquqqa muvofiqligi asosiy omillardan biri bölişi lozim.

«Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit yetarli bölmaydi»

Tört mamlakat Rossiya aktivlari masalasiga yana qaytiş zaruratini Ukrainaning moliyaviy ehtiyojlari ortib borayotgani bilan izohlagan.

Yevropa Ittifoqi tomonidan Ukraina uçun 2026–2027-yillarga möljallangan 90 mlrd yevro miqdoridagi kredit muhim ahamiyatga ega bölsa-da, maktub mualliflari bu mablağning özi yetarli bölmasligini taʼkidlagan.

Ularning qayd etişiça, Rossiya hujumlari davom etayotgan bir paytda uruş xarajatlari ham ösib bormoqda. Şu sababli Kiyevga qisqa va uzoq muddatli istiqbolda qöşimça moliyaviy yordam zarur bölişi mumkin.

Tört davlat fikriça, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalaniş, bir tomondan, Ukrainaga yetkazilgan zarar uçun Moskva moliyaviy javobgarlikni öz zimmasiga olişiga xizmat qilsa, ikkinçi tomondan, yevropalik soliq tölovçilar zimmasidagi yukni kamaytiriş imkonini beradi. Şuningdek, bu mexanizm Moskvaga bosimni kuçaytiriş vositasi sifatida ham körilmoqda.

Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy ham uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlagan. Uning fikriça, Rossiya Ukrainaga reparatsiya tölamaguniça bu mablağlarni qaytarib ololmaydi. Şu sababli aktivlarni uruş tugaşini kutib, keyin Ukrainani tiklaşga sarflaşdan köra, hozir Ukrainani himoya qilişga yönaltiriş maqsadga muvofiq.

Yevrokomissiya: rejani ilgari suriş uçun yetarli qöllab-quvvatlaş bölmagan

Yevropa komissiyasi vakili Balaş Uyvari esa Bryusseldagi brifingda Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobiga Ukrainaga «reparatsion kredit» ajratiş masalasi 2025-yil dekabridagi YEI sammitidan keyin rasman kun tartibidan olib taşlanmaganini maʼlum qildi.