2018 yilning 22 noyabr kuni Bryussel şahrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa ittifoqiga raislik qilayotgan Avstriya Respublikasining Yevropa işlari, integratsiya va taşqi işlar masalalari böyiça federal vaziri Karin Knaysel bilan uçraşdi.

TIV xabariga köra, taşqi siyosat idoralari rahbarlari özaro aloqalarni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilab oliş imkonini bergan, öz işini yakunlagan «Özbekiston – Yevroittifoq» hamkorlik kengaşi majlisining sermahsul ötganligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlar hozirgi holati va mustahkamlaş istiqbollari, Özbekiston – Avstriya kun tartibini kengaytiriş, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Ta'kidlanganidek, muntazam vazirliklararo aloqalar, boşqa darajadagi uçraşuvlar davlatlararo munosabatlarni özaro manfaatli asosda bosqiçma-bosqiç oşiriş, işbilarmon doiralar, ilmiy-ta'lim muassasalari, madaniyat va san'at vakillari örtasidagi almaşuvlarni rağbatlantiriş imkonini beradi.
Şu nuqtai nazardan vazirlar Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida Avstriya tabiiy fanlar universiteti bilan hamkorlikda «Eksportga yönaltirilgan menejment» va «Turizm va mehmonxona biznesini boşqariş» kabi zamonaviy mutaxassisliklar böyiça bakalavrlar tayyorlovçi qöşma fakultet oçilişini qöllab-quvvatladilar.
Vazirlar xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim muammolarini ham muhokama qildilar.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi mintaqalarda aholini qöllab-quvvatlaş uçun Özbekistonga 25 mln yevro ajratişi xabar qilingandi.
















