Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiylari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi prezident qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berişiça, qarorga muvofiq 2018/2019 öquv yilidan boşlab Qurolli kuçlar tarkibiga kiruvçi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, şartnoma böyiça xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uçun:
respublika oliy ta'lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul körsatkiçlari kvotasidan taşqari, harbiy oliy ta'lim muassasalariga esa kursantlarning umumiy qabul sonidan 5 foizli davlat granti asosida qabul kvotasi ajratiladi.
Kvota asosida kiriş hamda davlat granti asosida ta'lim oliş huquqiga tegişli vazirlik va idoralarning tavsiyanomalariga ega bölgan harbiy xizmatçilarning farzandlari ega böladilar.
Tavsiyanomalar harbiy xizmatçilarning bevosita boşliqlari (komandirlari) iltimosnomasiga asosan tegişli vazirlik tomonidan beriladi.
5 foizli kvota çegarasida harbiy xizmatçilarning farzandlarini qabul qiliş tanlov asosida amalga oşiriladi.
Qaror bilan 5 foizli qabul kvotasi quyidagiça taqsimlandi:
Mudofaa vazirligi – 44 foiz; Içki işlar vazirligi – 10 foiz; Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 3 foiz; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi – 1 foiz; Davlat xavfsizlik xizmati – 30 foiz; Milliy gvardiya – 10 foiz; Prezidentning xavfsizlik xizmati – 2 foiz.
Bundan taşqari, 2018-2019 öquv yilidan boşlab harbiy xizmatni ötaşda halok bölgan, şuningdek harbiy xizmatni ötaşda yarador bölgan, kontuziya, şikast oliş natijasida nogiron bölib qolgan yoki kasalliklarga duçor bölgan harbiy xizmatçilarning farzandlari oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqiçiga davlat granti asosida tanlovsiz qabul qilinadi.
Şuningdek vazirlik va idoralarga 2018/2019 öquv yilidan boşlab, oldin tölov-şartnoma asosida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqiçiga öqişga kirgan, harbiy xizmatni ötaşda halok bölgan ofitserlar, şartnoma böyiça xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlarning farzandlari uçun şartnoma pulini tölab berişga ruxsat berildi.

















