9 may kuni özbek telekanallarida Ikkinçi jahon uruşida beş nafar farzandini yöqotgan özbek ayoli Zulfiya Zokirova taqdiriga bağişlangan «Ilhaq» filmi ilk bor namoyiş qilindi.

«Zulfiya Zokirova» nomi şu paytga qadar özi öqigan maktab va bir neçta köçalarga berilgan bölsa-da, töğrisi, bu qahramon ayol taqdiri keng jamoatçilikka unçalik ma'lum emasdi. Aynan «Ilhaq» prem'yerasidan keyin uni butun Özbekiston tanidi desak xato bölmaydi. 

19 may kuni Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi mutasaddilari hamda bir guruh kinoijodkorlar Toşkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qişloğidagi Zulfiya aya Zokirova yaşagan xonadonda bölişdi.

Zulfiya aya Zokirova 1882 yilda tuğilgan. Turmuş örtoği Xolmat akaning erta vafoti tufayli butun oilaning taşvişi ayaning zimmasida qolgan. Zulfiya ayaning jami 6 nafar: 5 öğil va 1 qizi bölgan. Ikkinçi jahon uruşida ayaning 5 nafar öğli ham uruşga ketib ularning birortasi qaytib kelmagan. 

«Ilhaq» filmida Zulfiya Zokirova timsolini gavdalantirgan aktrisa Dilorom Karimova tadbir davomida ayaning ayançli taqdiri borasida fikrlarini bildirdi.

«Dunyo har bir insonning hayoti tarozi hikmatiga qurilgan ekan. Ayamiz bilganmidi şunday kunlar kelişini? 

Ular nihoyatda oğir dard, alam çekib yaşadi. 5 nafar farzandini yöqotiş alami bilan ketdilar. Tarozining ikkinçi bir tomoni esa bugungi kunlar hikmatidir. Bu film Zulfiya aya nomini butun dunyoda maşhur qildi», – dedi u.

«Kimki öz xalqi, millati uçun halol xizmat qilib yaşab ötsa u millat tomonidan heç qaçon unutilmaydi. Film rejissyori Jahongir Ahmedovning aytişiça, filmning suratga olinişiga şu haqiqat sabab bölgan», dedi film rejissyori Jahongir Ahmedov.

Xotira tadbirida iştirok etgan mehmonlar uruş va u keltiradigan ayançli oqibatlar haqida ham gapirişdi. «Ilhaq» ana şunday oğir judolikni körgan, matonati bilan bunga bardoş bera olgan ayol taqdiri haqida sözlaydi.