12 iyul kuni «Kun.uz»da nashr qilingan jizzaxlik va buxorolik abituriyentlar uchun qo‘shimcha maqsadli qabul kvotalari belgilangani haqidagi xabarda maqsadli qabulning o‘zi nimaligi to‘g‘risida ham ma'lumot berilgan edi.

Maqsadli qabul - bu ayrim yo‘nalishlarda faqat ma'lum bir hudud uchun ajratilgan davlat granti shaklidagi qabul kvotalari.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandiga ko‘ra, maqsadli qabulga topshirish uchun abituriyent faqat tegishli hududning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari tomonidan berilgan diplomga ega bo‘lishi shart edi.

Biroq mazkur qoidaga ayrim o‘zgarishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayoni bilan akademik litseylar va respublika miqyosidagi 41ta tarmoq kasb-hunar ta'limi muassasalari istisno sifatida belgilangan.

Bu nima degani?

Masalan, surxondaryolik abituriyent Toshkentdagi 1-Respublika tibbiyot kollejida o‘qigan bo‘lsa, endi bemalol tibbiyot oliygohlarining Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan maqsadli qabuliga hujjat topshira oladi.

Qaysi yo‘nalishlarda maqsadli qabul bor?

Joriy yilda tibbiyot hamda irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida maqsadli qabul kvotalari e'lon qilingan.

Bundan tashqari yana ayrim yo‘nalishlarda ham kam sonli maqsadli qabul kvotalari mavjud. Ularning to‘liq ro‘yxatini qabul jarayonlari uchun yaratilgan Davlat test markazining maxsus platformasi orqali ko‘rishingiz mumkin.

Agar ma'lum bir yo‘nalish to‘g‘risiga qavs ichida hudud nomlari yozilgan bo‘lsa, bilingki, o‘sha yo‘nalish uchun maqsadli qabul tashkil etilgan.

Ryespublika miqyosidagi tarmoq kasb-hunar ta'limi muassasalari ro‘yxati

  1. 1-Toshkent pedagogika kolleji;
  2. 2-Toshkent yuridik kolleji;
  3. Qo‘yliq maishiy xizmat kasb-hunar kolleji;