Navoiy viloyatida Germaniya universitetining filiali ochilishi mumkin – viloyat hokimi maslahatchisi

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati
2018 yilgacha Jones Lang Lasalle kompaniyasida biznes inshootlarini boshqarish bo‘yicha menejyer yordamchisi vazifasida ishlagan, ayni paytda Navoiy viloyati hokimining investitsiya va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi vazifasiga tayinlangan, Nazirjon Jo‘rayev Germaniya universitetlaridan birining filiali Navoiyda ochilishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
«Avvalambor, Germaniya universitetlari malakali muhandis xodimlarni yetkazib berishda boshqa davlatlarga qaraganda ustunliklarga ega va o‘qish narxlari ham xalqimiz uchun hamyonbop ekanligini ta'kidlash lozim. Biz ko‘zlayotgan oliygohlar universitetlarning xalqaro reytingida eng yuqori 500talikdan o‘rin olgan. Masalan, Ahen shahridagi Reyn-Vestfal texnika oliygohi bilan muzokara olib boryapmiz. Albatta, boshqa oliygohlar bilan ham bog‘lanamiz va ularni jalb qilishda bor mahorat va tajribadan foydalanamiz», – deydi Jo‘rayev.
Uning aytishicha, viloyatda, asosiy vazifalaridan biri – koorporatsiya va investorlarga kredit ajratish va xalqaro moliyaviy resurslarni ko‘chirishga ko‘mak berish bo‘lgan, investbank tashkil etilishi ham rejalashtirilmoqda.
«Shuningdek, talaygina ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Shulardan biri – shahar va tumanlarda ko‘ngilochar eko-parklar tashkil etish, tungi Navoiy shahrini yanada yoritish, mashinalar avtoturargohlarini tartibga solish.
Ular ichida eng muhimlaridan biri – maktablarda ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan qo‘shimcha to‘garaklar yoki hamyonbop o‘quv markazlari xizmatlarini ko‘paytirish rejamizda bor. Xalqimizda shu borada qo‘shimcha takliflar bo‘lsa, biz ularni tinglashdan xursand bo‘lardik va har bir taklifni inobatga olib o‘rganib chiqamiz», – deydi viloyat hokimi maslahatchisi.
Ma'lumot uchun, Nazirjon Jo‘rayev o‘z vazifasiga 2019 yilning yanvaridan boshlab kirishgan. U bunga qadar Angliyada Oceanic Village LTD kompaniyasida menejyer lavozimida ham ishlagan. London buxgalteriya va moliya kolleji va Raskin universitetlari bitiruvchisi Jo‘rayev 2 ta xalqaro banklarning investitsiyalarini jalb etish masalasida ish boshlanganini ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35
-
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 21:06
Mavzuga oid

11:35 / 09.04.2025
O‘zbekistonda Belarus davlat universiteti filiali ochiladi

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

15:00 / 31.03.2025
Trampni tanqid qilgan uch professor Yyel universiteti va AQShni tark etyapti

20:50 / 25.03.2025