Samarqandda ösmirlar maşinani YPX xodimi ustiga haydadi

Samarqand viloyatining Iştixon tumanida YPX xodimining qonuniy talabiga böysunmay, uni haqorat qilgan va buni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan texnikum öquvçilari aniqlandi.

Videoda ösmirlar Iştixon tumani köçalarida avtomobilda harakatlanib, YPX xodimining töxtaş talabiga böysunmagani, maşinani uning ustiga haydagani, şuningdek, xodimni haqoratlagani va voqea joyidan qoçib ketganini köriş mumkin.

Tekşiruv davomida qoidabuzarliklarni sodir etgan ösmirlar Kattaqörğon tumanidagi 2-son texnikum öquvçilari ekani aniqlangan. Ular maşinani 1,2 mln sömga ijaraga olgan va haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda rulga ötirgan. Holat yuzasidan Iştixon tumani içki işlar bölimi tomonidan töplangan materiallar qonuniy qaror qabul qiliş uçun prokuratura organlariga yuborilgan.

Havo şari Toşkentning ayrim hududlarini elektrsiz qoldirdi

19-oktabr kuni Toşkentning Yunusobod, Olmazor, Mirzo Uluğbek va Şayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida vaqtinçalik uziliş kuzatildi. Bunga «Aksa Toshkent» issiqlik elektr stansiyasining oçiq taqsimlaş qurilmasiga havoda uçib kelgan şar tuşişi sabab bölgan.

Energetika vazirligi xabariga köra, hodisa soat 19:05 da Qibray tumanida joylaşgan «Aksa Toshkent» IESda sodir bölgan. Oqibatda transformatorning himoya tizimi işga tuşib, stansiya quvvati 460 MVtdan 185 MVtgaça kamaygan.

Körilgan tezkor çoralar natijasida soat 19:38 ga kelib barça isteʼmolçilar elektr energiyasi bilan qayta taʼminlangan.

Navoiy va Çirçiq şaharlari aholisidan yillik deklaratsiya söraladi

Navoiy va Çirçiq şaharlari aholisi tajriba-sinov tariqasida jami yillik daromadlari töğrisidagi deklaratsiyani taqdim etişining tartibi belgilandi.

Qarorga köra, deklaratsiya 2026 va 2027-yilda olingan daromadlar böyiça Soliq qömitasining Elektron soliq xizmatlari portali (my3.soliq.uz) va “Soliq” mobil ilovasi orqali taqdim etiladi.