AQŞda xususiy korxonalar kosmosga odamlarni olib çiqayotgan bugungi kunda biz hamon qişloqlarimizni sifatli internet bilan ta'minlay olmaganimiz ğalati holat. Ayniqsa oliy ta'lim muassasalari talabalari internet yöqligi haqida kuyunib gapirişi öylaşga undaydi. Axir u talaba va hozir ayni qandaydir yangilik qila oladigan davri. Bunday vaqtda yoş avlod oddiy saytdagi bir xabar qaçon oçilarkan deb bir neça daqiqalab kutişi, qişloqdagi uyida turib Youtube’da video körişni faqatgina orzu qila olişi ularning kelajakdagi rejalariga qanday ta'sir qiladi?

Facebook, Google, Amazon kabi kompaniyalar oddiy startap loyihasi körinişida paydo bölib, keyinçalik rivojlanib ketgan. Ularning asosçilarida öz loyihalarini amalga oşiriş uçun qulay şaroit bölgan. Aytaylik, 2000-yillar boşida Harvard universiteti yotoqxonasida internet bölmaganda, Mark Tsukerberg Facebook’ni yaratmagan va bugun u bozor narxi 1 trillion dollardan oşgan ilk kompaniyaga aylanmagan bölardi.

Yoki Jyeff Bezos internet tezligi köngildagidek bölmay, uyida hadeb çiroq öçaversa, Amazon’ni yaratmagan va bugun dunyoning eng boy odamiga aylanmagan bölardi. Ilon Mask ham şaroit bölmaganida PayPal, Tesla, Space X kompaniyalariga asos sola olmagan, ular loyihaligiça qolib ketardi. Yoş avlodga şaroit yaratib beriş deganda internet sifatini yaxşilaşni esdan çiqarmaslik kerak. Qişloq joylarda ham. Axir bu imkonsiz iş emas.

Bir sayyoh bilan gaplaşib qoldik va u qiziq gapni aytgandi: «Dunyoning turli telekanallarida sizning reklamangizni kördim, ular judda qimmat, lekin qançalik naf berişini bilmayman. Siz jamoat joylarida, bekatlarda, sayyohlar köp böladigan yerlarda, poyezdlarda, jamoat transportlarida internet örnatib, uning sifatini yaxşilab qöysangiz, sayyohlarning özi Özbekistonni bepul reklama qiladi». Juda asosli gap. Bizda bekatlar, jamoat transportlarida internet bölişi uyoqda tursin, mehmonxonalarda ham sifatli internet yöq. Har oy tarif böyiça falon gigabayt internet va'da qiladigan mobil kompaniyalar ham qişloq joylarga sifatli internet yetkazib bera olişmayapti. Keling, gaplar isboti bilan bölsin, murojaatlarni aynan keltirsak.

«Bizning qişloqda internet deyarli işlamaydi. Onlayn darslarni öqituvçiga yuboriş uçun kamida 2 soat vaqtimiz ketadi. Bizda internet antennasi ham, wi-fi ham örnatilmagan. Toğ içkarisidagi Ingiçka qişloğida yaşaymiz. Biror kişi yordam bersa, savobga qolardi».

Samarqand viloyati, Bulunğur tumani, Ingiçka qişloğidan

«Pop tumanidagi Oltin kon şaharçasida turaman.