Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti va Gollandiyaning Vageningen Universiteti hamkorlikda Atrof muhit muhofazasi (xalqaro yer va suv resurslarini boşqariş) mutaxassisliklari böyiça respublikada yagona qöşma diplom (double degree) beriş dasturini amalga oşirib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar mazkur dastur doirasida 44 nafar magistrantlar ta'lim olgan bölsa, ulardan 24 nafari ikki tomonlama (Vageningen Universiteti va TIQXMMI) diplomlarini olişga muvofiq bölişgan. 2018 yilda TIQXMMIning 2 nafar bitiruvçisi magistraturaga va 4 nafar magistratura bitiruvçilari Gollandiyaning Vageningen Universitetiga RhD doktoranturaga qabul qilindi.

2018/2019 öquv yilida Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti AQŞning Miçigan Ştati Universiteti va Slovakiyaning Nitra qişloq xöjaligi universitetlari bilan hamkorlikda ikki tomonlama diplom beriş magistratura mutaxassisligi ta'lim dasturi yölga quyildi.

Şu munosabat bilan, 2018-2019 öquv yilidan Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining magistratura mutaxassisliklari öquv jarayoniga kredit tizimi joriy qilindi.
Kredit tizimini öquv jarayoniga joriy qilişdan asosiy maqsad magistrantlarni xorijiy universitetlarda öqişini davom ettiriş va akademik mobil almaşuv imkoniyatlarini oşiriş hamda yuqori darajada mustaqil ta'lim olişga erişiş, magistrantning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va institut tomonidan berilgan "magistr" akademik darajasining xalqaro ta'lim muhiti va xalqaro mehnat bozorida ekvivalentligini ta'minlaşdan iborat.
Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining kredit tizimi asosida taşkil qilingan barça magistratura mutaxassisliklarining öquv me'yoriy hujjatlari Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2018 yil 24 iyul kuni tasdiqlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent axborot texnologiyalari universitetida va uning filiallarida 2018-2019 öquv yilidan boşlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlaş böyiça öqitişning kredit tizimi joriy etilgani
















