Kitob öqişdan voz keçgan jamiyatning kelajagi qanday böladi? Insonga yaxşi yaşaş uçun faqat kasbiy bilimning özi yetarlimi? Gumanitar fanlar, badiiy adabiyot va falsafa jamiyat hayotida qanday örin tutadi?
Ilk suhbatda iqtisodçi Jamşid Muslimov va şifokor Odilxon Alimxonov noşir va faylasuf Xurşid Yöldoşev bilan kitobxonlik madaniyati, ilmga munosabat va bola tarbiyasi haqida suhbatlaşdi.
Suhbat davomida bolalar va kattalarning kitob öqişga qiziqişi nega pasaygani, ota-onaning farzand taʼlimidagi örni, kasbiy bilim bilan umumiy bilim örtasidagi farq, aniq va gumanitar fanlarning ahamiyati, jamiyatdagi etik standartlar hamda «yaxşi hayot keçiriş uçun yaxşi öqişning özi yetarlimi?» degan savollar muhokama qilindi.
Şuningdek, badiiy adabiyotga bölgan talab, kitobni qanday öqiş kerakligi, qoğoz va elektron kitoblarning afzalliklari, audiokitoblar va adabiyotning kino bilan munosabati haqida ham fikr yuritildi.
Podkastning maqsadi - ilm, kitobxonlik va tafakkur madaniyati haqida oçiq suhbatlar orqali jamiyatda intellektual muhitni kuçaytirişdan iborat.















