Sayohatlar uçun möljallangan Wegoplace onlayn-servisi 2019 yilda yakka sayyohlar uçun eng xavfsiz hisoblangan davlatlar reytingi Solo Travel Safety Report 2019’ni e'lon qildi.
Bu haqda Özbekiston boş vaziri örinbosari Aziz Adbuhakimov Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma'lum qildi.
E'tiborlisi, Özbekiston uşbu reytingning yetakçi beştaligidan joy oldi.
Hisobot 142 ta davlat vakillaridan bir neça mezon böyiça sörovnoma asosida tuzilgan. Ularga tungi şahar böylab sayr vaqtida özlarini qançalik xavfsiz his qilişlari, mahalliy politsiyaga qançalik işonişlari va biror hujum yoki talonçilikka uçraganlari haqida savollar berilgan.
Natijalar esa eng yuqori xavfsizlik indeksiga Singapur (97 birlik) egaligini körsatgan. Undan keyingi örinlarni Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya egallagan, ulardan har birining xavfsizlik indeksi 93 birlikni taşkil qilgan. 5-örinni esa 91 birlik bilan Özbekiston egallagan.
Undan keyingi örinlarni Hongkong (91), Şveytsariya (91), Kanada (90), Indoneziya (89) va Daniya (88) egallagan.
Davlatlar hisobotda 4 darajali xavfsizlik sxemasi böyiça baholangan: 1-guruhga safar uyuştiriş eng xavfsiz bölgan, 4-guruhga esa boriş qat'iyan tavsiya qilinmaydigan davlatlar kiritilgan.
Özbekiston 1-guruhga, ya'ni yakka sayyohlar özlarini xavfsiz his qiladigan davlatlar qatoriga kiritilgan.

















