Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi qisqartiriladi
Senatning 25-yalpi majlisida senatorlar «Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ma'qulladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Mazkur qonun bilan prokuratura organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari javobgarligini oshirish maqsadida “Prokuratura to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan mazkur organlar yuqori turuvchi mansabdor shaxslarining roziligi bilan ma'muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi normalar chiqarib tashlandi.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 50-moddasiga (Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi) muvofiq hozirda prokuratura organlari xodimlarining ma'muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi. Yangi tahrirda esa so‘nggi band olib tashlangan. Endilikda prokuratura organlari xodimlarining ma'muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakati uchun javobgarlikka tortishda rahbariyat roziligi talab etilmaydi.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 37-moddasidan (Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari) Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlanyapti.
Senatorlar mazkur o‘zgarishlar prokuratura organlari va DXX xizmatchilarining mas'uliyatini oshirishga qaratilganini qayd etdilar.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 11:20
-
Viloyat ma’muriyati rahbari: Rossiya Zaporijjyaga 10 marta zarba berdi
Jahon | 11:10
-
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
O‘zbekiston | 11:03
-
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston | 10:50
Mavzuga oid

09:36 / 01.05.2025
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

17:03 / 28.04.2025
Bosh prokuratura, DXX va TIV vakillari migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yig‘ilishda qatnashish uchun Rossiyaga ketdi

13:04 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

10:53 / 22.04.2025