2018/19 öquv yilida qabul imtihonlarida 56,7 yoki undan yuqori ball töplagan, ammo qabul kvotasi böyiça raqobatda yetarli ball töplay olmagan abituriyentlar oşirilgan tölov-kontrakt summasini tölaş orqali talabalikka tavsiya etilişi mumkin. Bu haqda Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov Kun.uz'ga ma'lum qildi.
«Şu yilgi imtihonlar, xabaringiz bor, 15 kun davomida bölib ötişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari savollar soni ham kamaytirilgan, ya'ni har bitta fan bloki böyiça 30tadan savol taqdim etiladi. Endi, qabul imtihonlaridan yetarli ball töplay olmay, oşirilgan tölov-kontrakti böyiça öqişga kirişni istagan abituriyentlar uçun yangi mezon belgilandi. Ular 56,7 yoki undan köp ball töplagan holda ham öqişga kira olmasa, yuqorida qayd etilgan imkoniyatdan foydalanadi», deydi vazir.
Ma'lum qilinişiça, Davlat qabul komissiyasi a'zolari abituriyent heç qanday ball töplay olmagan taqdirda ham talabalikka tavsiya etilişi haqida öylanmoqda. Vazirning aytişiça, agar şunday tizim yölga qöyilsa, oşirilgan tölov-kontrakt miqdori ança yuqori bölişi tayin.
Quyidagi havola orqali vazir bilan intervyuni töliq ravişda tomoşa qilişingiz mumkin.
Mover'da köriş (Tas-ix)
Youtube'da köriş

















