Bugun, 5 iyul kuni Imom Buxoriy nomidagi Toşkent Islom instituti Maxsus sirtqi bölimiga 2018-2019 öquv yili uçun kiriş imtihonlarining birinçi kuni boşlandi.

6 iyul kuni ham davom etadigan imtihonga Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari Ibrohim Inomov, ÖMI ta'lim va kadrlar tayyorlaş bölimi mudiri Jaloliddin Nuriddinov, bölim xodimi Akbar Döstmatov boşçiligidagi kuzatuvçilar taşrif buyurişadi.

Maxsus sirtqi bölimga respublikada faoliyat yuritayotgan, kamida beş yillik stajga ega bölgan imom-xatib, madrasa mudarrislari va Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlaridan iborat jami 144 nafar abituriyent hujjat topşirgan. Şulardan 120 nafari aqoid, fiqh va arab tili fanlari böyiça imtihonlar asosida qabul qilinadi.

Imtihon oliş uçun Toşkent Islom instituti, Kökaldoş örta maxsus bilim yurti va Özbekiston xalqaro Islom Akademiyasidan malakali mudarrislar jalb etilgan.

Imtihon natijalari böyiça mandat 7 iyul kuni e'lon qilinadi.