Samarqand Turizm universiteti Parij Turizm akademiyasi bilan hamkorlik qiladi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida Parij Turizm akademiyasi inspektori Alan Kaya hamda Fransiya Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Mehmonxona va restoran biznesi missiyasi xalqaro bo‘limi boshlig‘i Mishel Arbro bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘quv muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik masalasi, shuningdek Samarqanddagi "Ipak yo‘li" turizm universitetidagi o‘quv jarayonida fransiyalik mutaxassislarning ishtiroki muhokama qilindi.

Janob Kaya Fransiya tomon O‘zbekiston hukumati tomonidan turistik sohani tezkor rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholashi va mamlakatda ro‘y berayotgan islohotlarni alohida qiziqish bilan kuzatayotganini qayd etdi.
"O‘zbekiston sezilarli turistik salohiyatga ega va biz xorijiy sayyohlar oqimining keskin o‘sishi bu xizmatlar sektorida professional kadrlarga bo‘lgan talabni oshirayotganini kuzatyapmiz", - dedi Alan Kaya.
Parij Turizm akademiyasi Il-de-Frans mintaqasidagi barcha oliy ta'lim muassasalarini birlashtiradi va xorijiy mamlakatlar o‘quv muassasalari bilan hamkorlik borasida boy tajribaga ega bo‘lgan Sorbonna Universiteti bilan uzviy hamkorlik qiladi. Shu bois O‘zbekiston talablarini inobatga olgan holda ta'lim loyihalarini tayyorlash ishlarini faollashtirish maqsadida 2018 yilning sentabrida Parij Akademiyasi rektorining O‘zbekistonga tashrifini tashkillashtirish taklif etilgan.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ikki tomon Samarqand Turizm universiteti va Parij Turizm akademiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolashga doir kelishuvga erishdi. Mazkur memorandum loyihasi Fransiya tomonga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
Jahon | 20:41
-
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi
O‘zbekiston | 20:39
-
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
O‘zbekiston | 20:08
-
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 20:03
Mavzuga oid

21:04 / 22.05.2025
Fransiyalik fermer qiymati 4 mlrd yevrolik oltin konini topib oldi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi

20:25 / 20.05.2025