21 oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoşlar va turizm universiteti rektori Mixaylova Tamara Viktorovna boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda jismoniy tarbiya va sport sohasi böyiça ikki davlat örtasida hamkorlikni kuçaytiriş, qişki sport turlari böyiça trenerlar tayyorlaş sohasida özaro tajriba almaşiş kabi masalalar muhokama qilingan. Unga köra, bir qator muhim yönalişlar böyiça özaro hamkorlik qiliş böyiça kelişuvga erişilgan. Xususan, Özbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoşlar va turizm universiteti filiali taşkil etiladi. Şuningdek, özbekistonlik sportçi va murabbiylarga universitetning Rossiyadagi qişki sport turlariga ixtisoslaşgan bazalarda şuğullaniş imkoniyati yaratiladi.
Tadbirda söz olgan Dilmurod Nabiyev prezident tomonidan mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni ommalaştirişga katta e'tibor qaratilayotganini ta'kidlab, hamkorlikda amalga oşiriladigan loyihalar ham soha rivojiga xizmat qilişi kutilayotgani va uşbu rejalarni hayotga tatbiq etişda barça imkoniyatlar işga solinişini ma'lum qildi.
Tamara Viktorovna universitetning yangi taşkil etiladigan filiali haqida şunday degan: «Mazkur filial universitetimizning xorijda taşkil etilayotgan birinçi filiali böladi. Uning taşkil etilişi nafaqat Özbekiston, balki barça Markaziy Osiyo davlatlari yoşlarining ta'lim olişiga qulaylik yaratadi. Dastlab bir neça yönalişda taşkil etiladigan filial yönalişlari yildan-yilga kengaytirib boriladi. Biz muassasaning samarali faoliyat yuritişi uçun malakali mutaxassislarimizni jalb etamiz».
Uçraşuv yakunida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoşlar va turizm universiteti örtasida özaro hamkorlik şartnomalari imzolangan.

Ma'lumot uçun, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoşlar va turizm universiteti jismoniy tarbiya va sport sohasi böyiça dunyodagi yetakçi oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga qadar universitet tomonidan 60 mingdan ortiq yuqori toifali mutaxassislar tayyorlangan bölib, ulardan 5 ming nafari xorijlik mutaxassislardir. Hozirgi paytda universitetda 6500 nafar talaba ta'lim olib, ulardan 600 nafari xorijiy davlat fuqarolari hisoblanadi. Universitetda 42ta kafedra faoliyat körsatib, magistratura, aspirantura, doktorantura bölimlari mavjud. Universitet tarkibida Jismoniy tarbiya va sport instituti, Ijtimoiy institut, Turizm, rekreatsiya, reabilitatsiya va fitnes instituti, Ilmiy-pedagogik institut hamda Sport va sport meditsinasi ilmiy-tadqiqot instituti kabi muassasalar faoliyat körsatmoqda. Uşbu muassasa faxri bölgan Markaziy ilmiy kutubxonada 700 mingdan ortiq jismoniy tarbiya va sportga oid adabiyot fondi mavjud bölib, uşbu yönalişda dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biri hisoblanadi.
















