2018 yil Özbekistonda turizm sohasida juda köp yangiliklar kuzatildi: turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan yangi farmon va qarorlar, xalqaro va mahalliy tadbirlar, yangi ta'lim muassasalari faoliyatining yölga qöyilişi, sayyohlar oqimining oşişi, yangi turistik mahsulotlar, yangiça yönalişlarni rivojlantiriş, infratuzilmani takomillaştirişga oid sa'y-harakatlar, xorijiy investorlarni jalb qiliş, OAV vakillarining taşrifi hamda Özbekistonning köplab xalqaro reytinglarda yuqorilaşi va h.k. Ötgan davr mobaynida bularning barçasi haqida Kun.uz'da muntazam ravişda ma'lumotlar taqdim etib kelindi. Quyida ötgan yil davomida turizmni rivojlantiriş yölida amalga oşirilgan işlar, muammolar hamda yaqin kelajak uçun közda tutilgan rejalar haqida batafsil söz yuritamiz.

Hujjatlar

2018 yilda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatda turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan 11 hujjat, Vazirlar Mahkamasi tomonidan esa 25 normativ-huquqiy hujjat imzolandi.

Sayyohlik oqimi körsatkiçlari

Köpçilik orasida bahs-munozaralarga sabab bölgan  sayyohlik oqimi körsatkiçlari haqida söz yuritar ekanmiz, eng avvalo Özbekiston sayyohlarni hisoblaşda turizm sohasidagi yetakçi taşkilot hisoblangan UNWTO metodologiyasini qöllaşini ta'kidlaş joiz. Jahonning 167 davlati mazkur hisoblaş usulidan foydalanadi. Unga köra, biror mamlakatga işga joylaşişdan boşqa har qanday maqsadda taşrif buyurgan hamda u yerda bir sutka va undan ortiq vaqt ötkazuvçi şaxs sayyoh yoki mehmon  hisoblanadi.

Ma'lumot uçun: UNWTO (United Nations World Tourism Organization - Butunjahon turizm taşkiloti) -  BMT tizimining ixtisoslaşgan hukumatlararo muassasasi. U 158 mamlakat, 6 hudud, kuzatuvçi maqomidagi 2 hudud va 500 dan ortiq affil taşkilotlarni özida birlaştiradi. Ştab-kvartirasi Madrid şahrida joylaşgan.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining yakuniy hisobotiga köra, 2018 yilda Özbekistonga 5,3 mln nafar sayyoh taşrif buyurgan. 2017 yilda ularning soni 2,69 mln nafarni qayd etgan, ya'ni sayyohlar soni bir yilda 97 foizlik ösişni körsatib, ikki baravarga oşgan. 2016 yilda esa ularning soni 2,07 million nafarni qayd etgan.