Har yili an'anaviy tarzda öquvçilarning bilimini baholaş maqsadida ötkazib kelinadigan fan olimpiadasida adolatga amal qiliş borasida ziddiyatli fikrlar örtaga taşlanadi. Ma’rifat naşri bu yilgi fan olimpiadasi tuman/şahar bosqiçining qay darajada ötganligi borasidagi öz Telegram-tarmoğidagi muştariylar mulohazalarini e'lon qildi.
Öqituvçi: — Har yili fan olimpiadasidagi öyinlar haqidagi şubhali gaplarga unça işonmasdim. Bu yil tuman bosqiçida hakamlar hay'ati a'zosi böldim. Öquvçilarning testlarini tekşirayotib hayratda qoldim. Barçaning javobi bir xil yeçilgan — bexato bajarilgandi. Inşo mavzulari ham avvaldan tayyorlab kelingan. Demak, test savollarini oldindan olib, kimlardir yeçgan. Inşo mavzulari haqida ham şunday xulosaga keliş mumkin.
Xayrullo Abdurahmonov: — Tuzukkina lavozimda işlayotgan bir tanişimning farzandi Sergeli tumanidagi maktabda tahsil oladi. Ötgan yillarda bilimlar bellaşuvining tuman bosqiçiga çiqqan edi. Ammo tuman miqyosidagi bellaşuv şaxmat böyiça respublika çempionati bilan bir kunga töğri keldi. Tanişimning qizi şaxmat musobaqasini tanlab, bilimlar bellaşuviga bormaslikka qaror qildi. Buni qarangki, bir kun ötib ma'lum bölişiça, u bilimlar bellaşuvida 2-örinni olganmiş. Uni ğolib qiliş uçun, albatta, öqituvçi jonbozlik körsatgan.
Simona: — Bizda hakamlardan hamma norozi. Öz öquvçilariga test varaqasi javobidagi faqat «S» harfini belgilaşni uqtirgan. Ular öz öquvçisining testini tekşirganda «S» harfini töğri javobga özgartirarakan. Haqiqatan ham, «S»ni A, B, D, Ye şakliga özgartirsa böladi-da. Ustamonlikni qarang!
Bobojonova: — Mening öquvçim ham ötgan yili hakamlarning savodsizligi sababli örin ololmadi. Töğri yozilgan söz xato hisoblanib, past ball qöyilgan. Öquvçimning işi apellyatsiya tartibida qayta körib çiqildi. Xatolarni hakamlarning böyniga qöydik. Ball qöşib beramiz, deyişdi, lekin qöşişmadi.
Fotima Karimova: — Olimpiada haqqoniy bölişi uçun hay'at a'zolarini boşqa tumandan tanlaş kerak. Şunda bilimli öquvçi keyingi bosqiçga heç qanday qarşiliksiz ötişi mumkin.
Buxorolik öqituvçi: — Olimpiadadagi nohaqliklar Ğijduvon tumanida bu yil avjiga çiqdi. Hamma hakamlar öz öquvçisiga yon bosdi. Masalan, 1-öringa loyiq topilgan inşoni öqimay turib, 40 balldan 37 ball qöyganiga özimiz guvoh böldik. Lekin tuman xalq ta'limi bölimi mudiri bu işni qilmang, deb maktab rahbarlaridan iltimos qilgan. Bu kabi holatlar qaçongaça davom etadi? Yuqoriga arz qilamiz, desak, rahbariyat maktab direktorlarini qörqitadi.
Abdulqodir M.A: — Bağdod tumanida fan olimpiadasi har yilgidek adolatsiz tarzda olib borildi. Test savollaridagi xatolar naqadar bee'tibor tuzilganini körsatib turibdi. Xonalar ham juda sovuq edi. Qiziği, imtihon boşlangaç, test savollarini köpaytiriş uçun nusxa olişdi.

















