Oliy ta'lim muassasalariga kiriş böyiça respublikada Buxoro va Navoiy abituriyentlari yetakçilik qilmoqda, deya xabar beradi Ma’rifat gazetasi.

Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan statistik ma'lumotlarga qaraganda, 2018 yilda respublikaning abituriyent eng köp talabalikka tavsiya etilgan ön tuman/şaharlardan yettitasi Buxoro viloyati (Şofirkon, Vobkent, Peşko‘, Qoraköl, Ğijduvon, Qorovulbozor tumanlari va Buxoro şahri)ga töğri kelgan bölsa, qolgani Navoiy viloyati (Zarafşon, Navoiy şaharlari, Qiziltepa tumani)da joylaşgan.

Ularda öqişga kirganlarning hujjat topşirganlarga nisbati 19,7 — 22,1 foizdan iborat. Masalan, Şofirkon tumanidan 3172 nafar abituriyentning 722 nafari OTMda öqişga tavsiya etilgan. Qiziltepalik 2377 nafar yigit-qizning 501 nafari talabalar safiga qöşilgan.

Bu borada eng past körsatkiçni esa Angor, Oltinköl, Sariosiyo, Arnasoy, Izboskan, Asaka, Andijon, Şerobod tumanlari va Qorasuv şahri körsatmoqda. Misol uçun, 4977 nafar şerobodlik yoşdan bor-yöği 5,7 foizi testdan yetarliça ballni töplay olgan.​