What is teach? Ta'limda sifat baholanadi

Xalq ta'limi vaziriligi va Jahon banki hamkorligida umumta'lim maktablarida dars sifatini baholashning yangicha usuli joriy etiladi. Bu haqda Xalq ta'limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, What is teach? deb nomlanuvchi dastur maktablardagi dars sifatini bir necha mezonlar asosida tadqiq qilishga mo‘ljallangan.
Unga ko‘ra, mutaxassislar saralab olingan o‘qituvchilarni 5 kun mobaynida trening kurslari asosida kuzatuvchilikka tayyorlaydi. Kuzatuvchilar darsga aralashmagan holda sinfxona muhiti, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlashi, uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish mezonlariga ko‘ra darsni baholashadi. Natijalar maxsus dasturga kiritiladi. Dastur jarayondagi kamchiliklarni avtomatik tarzda beligilab beradi. Shakllangan ma'lumotlar bazasi asosida Xalq ta'limi vazirligi sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishi nazarda tutilgan.
«Ushbu dasturning asosiy maqsadini o‘qituvchilarni tekshirish yoki darsni nazorat qilish, deb tushunish kerak emas. Dastur dars o‘tilish sifatini xolis kuzatish va tegishli xulosalar asosida sifatni ko‘tarishni ko‘zlaydi», — deydi mutaxassis Sharanya Vasudevan.
Mazkur loyiha dastlab poytaxtdagi pilot maktablarda amalga oshirilib, keyinchalik respublikaning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Qo‘shmachi “provodnik”: poyezd kupesi ishratxonaga aylantirilgani aniqlandi
Jamiyat | 21:42
-
Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘ydi va Putinning vositachiligini rad etdi
Jahon | 21:35
-
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi
Jahon | 21:18
-
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34
Mavzuga oid

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi

16:09 / 15.04.2025