11:02 / 27.09.2019
0
39831

Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Abdurashid Jo‘raboyev Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Hozircha bu tayinlov haqida rasman ma'lum qilinmadi.

Ma'lumot uchun, Abdurashid Abduvohidovich Jo‘raboyev bungacha Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma'naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati  mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. U muqaddam Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ham faoliyat ko‘rsatgan.

Endilikda u prezidentning yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abdusattorovich Abduvohidovga o‘rinbosarlik qiladi. U bu lavozimda biroz avvalroq Davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyevning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Qahramon Quronboyev o‘rnini egalladi.

Bundan avvalroq Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga o‘rinbosar etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top