2019 yilning 1 noyabridan Özbekistonda daraxtlar kesilişiga moratoriy joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “2030 yilgaça bölgan davrda Özbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qiliş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmonda aytilgan.

Hujjatga köra, Davlat ekologiya qömitasi, Özbekiston Ekologik partiyasi va jamoatçilikning davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga moratoriy joriy etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.

Belgilanişiça:

a) moratoriy 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgaça amal qiladi;

b) moratoriy amal qiliş davrida vakolatli davlat organlariga davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga ruxsatnoma beriş man etiladi, uşbu bandda belgilangan holatlar bundan mustasno;

v) moratoriy:

tabiiy omillar yoki zararkunandalar, ösimliklar kasalliklari ta'sirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, şuningdek, fuqarolarning hayoti va soğliğiga, yuridik va jismoniy şaxslarning mol-mulkiga xavf tuğdiruvçi daraxtlar va butalarni sanitar kesiş va qirqişga;

yoğoç va mevalar oliş uçun östirilayotgan daraxtlar hamda butalarni (terak va tez ösuvçi boşqa navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesişga;

plantatsiyalarda östirilayotgan va/yoki yuridik va jismoniy şaxslarning mulki hisoblangan daraxtlar hamda butalarni kesişga joriy etilmaydi.

Vazirlik va idoralar, şuningdek, xöjalik boşqaruvi va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari obektlarni quriş va qurişni loyihalaştiriş uçun yer maydonlarini tanlaş va ajratiş bosqiçida, şuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv ta'minoti, kanalizatsiya, temir yöl hamda avtomobil yöllari va boşqalar) barpo etişda, şu jumladan, daraxtlar va butalarni köçirib ötkaziş amaliyotini qöllaş orqali ularning saqlab qolinişini qat'iy ta'minlaydi.

Barça daraxtlarni kesişga moratoriy joriy etilişi mumkin