“Hozirça heç kim rasman kasallikka çalingani yöq, lekin aviatsiyamiz iqtisodiyoti bu kasallikni his qilmoqda, – deb boşlanadi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar. - Aviakompaniya öz xodimlarini haq tölanmaydigan mehnat ta'tiliga jönatişni rejalaştirmoqda. Majburiy ta'tilga deyarli barça xizmat vakillari jönatiladi. Bunday vaziyat qança davom etişi hozirça ma'lum emas” .

Xabarning qançalik asosli ekanligi bilan qiziqib, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati bilan boğlandik:

– Bu xabar texniklarimizning içki guruhida tarqalgan, ammo haqiqatga zid. Qiziği, boşqa yönalişlardan farqli ravişda aynan şu bölim katta iş hajmiga ega. Sababi, texnik xizmatlarimiz eng kamida aprel oyiga qadar buyurtmalarga ega va tinimsiz işlaşyapti.

Endi bevosita Uzbekistan Airways’ning faoliyatiga kelsak, çindan ham köplab reyslar bekor qilinayotganidan xabaringiz bor. Bu nafaqat bizda, balki butun dunyoda kuzatilayotgan holat. Lekin şunga qaramay rahbariyat işdan böşatiş, majburiy ta'tillarga çiqarişni rejalaştirmagan, aksinça bunday qilmaslik uçun barça çoralarni körmoqda.

“Navröz” bayrami arafasida içki reyslarga 50 foizgaça çegirmalar e'lon qildik. Xalqaro reyslar böyiça ham bunday rejalarimiz bor edi, ammo koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyat tufayli keyinga surildi.

Eng muhimi, butun dunyo aviakompaniyalari bugungi kunda murakkab vaziyatda. Uzbekistan Airways vaziyatdan kamroq talafot bilan çiqiş yöllarini izlamoqda. Xususan xaridlar qayta körib çiqilyapti, optimizatsiya usullari qöllanyapti.

Albatta, vaziyat kun sayin özgarib bormoqda va buni hisobga olmaslikning iloji yöq. Agar şaroit taqozosi bilan qöşimça-çora-tadbirlar körişga majbur bölsak, bu haqda rasman xabar beramiz, dedi milliy aviakompaniya matbuot kotibi Habibullo Nabiyev.