Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi töğrisidagi masala muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida Özbekiston boş vaziri örinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov Özbekistonning YeOIIda kuzatuvçi sifatidagi iştiroki mamlakatda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga qanday ta'sir körsatişi haqidagi savolga javob berdi.

“Bu örinli savol. Şuni işontirib aytiş mumkinki, Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga salbiy ta'siri yöq. Çunki birinçi navbatda özingiz ham körib çiqayotgan qaror loyihasida Özbekiston YeOII bilan hamkorlikda kuzatuvçi maqomida iştirok etmoqçi. Özbekiston mana şu ittifoqning hamma işçi organlarida iştirok etişda bemalol fikr bildiriş huquqiga ega böladi. Qaror qabul qiliş jarayoni bundan mustasno. Oçiq hujjat böladigan bölsa, hammasi bilan tanişiş imkoniyatiga ega. 

Buning islohotlarga nima ahamiyati bor demoqçi bölsak, şuni aytişimiz kerakki, köplab islohotlarni ma'lum ma'noda şu mamlakatlardan orqada qolgan holda [amalga oşiryapmiz]. Ular köp islohotlarni avvalroq qilgan. Davlatimiz rahbari ham aytib ötganlar, biz köp vaqt yöqotib qöydik. Şuning uçun örganişimiz ham mumkin.

Ikkinçi tomondan qaraydigan bölsak, ya'ni ertaga tölaqonli a'zo bölsak, mana şu islohotlarga ta'siri böladimi, deb aytadigan bölsak, yöq. Bu ham qaytanga raqobatni kuçaytiradi. Biz ma'lum bir bozorlarda öz örnimizni topişga majburmiz. Buning bitta-yu bitta yöli – iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoşligini ta'minlaş. Şuning uçun biror bir islohotlar uçun salbiy tomonlarini körmayapmiz. Buni köplab ekspertlar aytyapti”, - dedi Jamşid Qöçqorov.

U investitsion loyihalar böyiça tadbirlar salbiy ta'sir ostida qolmasligi uçun amalga oşiriladigan işlar haqida gapirdi.

“Özbekistonda köplab investitsion loyihalar amalga oşirilmoqda. Investitsiya loyihalari jarayonlarida bir qator bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar belgilangan va h.k. Bu tadbirlar salbiy ta'sir ostiga tuşmasligi uçun tarmoqlar böyiça bölinib, qisqa, örta va uzoq muddatli davrgaça “otsroçkalar” olamizki, agar vaqti kelib a'zo böladigan bölsak, bu davr içida biz tegişli tarmoqlarni raqobatdoşligini oşirib, oyoqqa qöyib olamiz. Mana şular hisobiga qarab gapiradigan bölsak, xavf-xatarga örin yöq”, - dedi Qöçqorov.

Qizğin va oçiq munozara yakunida senatorlar Özbekiston Respublikasining YeOIIda “kuzatuvçi davlat” maqomida iştirok etiş taklifini ma'qullaşdi.

Mazkur masala böyiça Oliy Majlis Senatining tegişli qarori qabul qilindi.