«Tez yordam» körsatuvining navbatdagi sonida gidroksixloroxin dorisining zarari haqida söz bordi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi vakili Klara Yodgorovaga köra, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti gidroksixloroxinning koronavirusni davolaşdagi salbiy ta'sirini tasdiqlagaç, bu dori Özbekistonda amal qilayotgan eng sönggi qöllanmadan ham çiqarib taşlangan.

«Pandemiya avvalida koronavirusni davolaş uçun aniq dori vositasi yöq edi. Şunda mavjud dori vositalari, xususan, xloroxin, gidroksixloroxin, azitromitsin kabilarni birinçi bölib Xitoyda qöllaş boşlandi. Keyinçalik ular Yevropa davlatlarida ham qöllanila boşlandi.

Mart oyida JSST uşbu preparatlarning samaradorligi böyiça dalillar oliş uçun «Xalqaro hamdöstlik tadqiqoti»ni boşladi. 96 ming koronavirus bemorlarining ma'lumotlari jamlanib, AQŞning Harvard va Şveytsariyaning Tsyurix universiteti olimlariga taqdim qilindi.

Örganişlar natijasida olimlar bu dorilarning nafaqat samara bermasligini, balki bemorlarda ölim xavfini oşirişi mumkinligini aniqlaşdi. Bu preparatlardan foydalaniş Fransiyada töxtatildi, Germaniya millionlab dorilarni işlab çiqaruvçilarga qaytarib berdi, AQŞ olimlari ham bu doriga öz e'tirozini bildirdi. Mazkur tadqiqot natijasi tibbiyot olamida nufuzli bölgan The Lancet jurnalida ham çop etildi.

Şularni hisobga olgan holda, JSST 27 may kuni yangi vaqtinçalik qöllanma çiqarib, barça davlatlarga şuning asosida öz davolaş standartlarini qayta körib çiqişni tavsiya qildi.

Milliy palata ekspertlari va Soğliqni saqlaş vazirligi işçi guruhi birgalikda 30 iyun kuni ikkita yangi qöllanma – COVID-19’ni yengil şaklda ötkazib, uyda davolanayotganlar va oğir formada statsionarda davolanayotganlar uçun qöllanmalar işlab çiqdi. Ulardagi ma'lumotlar 13 iyul kuni Soqğlini saqlaş vaziri buyruği bilan tasdiqlanib, çop etildi. Mazkur qöllanmada gidroksixloroxin olib taşlangan», – dedi Yodgorova.

Körsatuv boşlovçisi – Mass-media fondi rahbari Komil Allamjonovning jurnalist Nikita Makarenkoga asoslangan holda ma'lum qilişiça, gidroksixloroxin oxirgi davolaş qöllanmasidan çiqarib taşlangan bölsa-da, uyda davolanayotgan bemorlarga tarqatilişi kutilayotgan dorilar töplamiga kiritilganiça qolmoqda.

Bunga javoban Klara Yodgorova respublika maxsus komissiyasi bu dorini töplamdan çiqarişi kerakligini aytdi.