Vazirlar Mahkamasining “Inson huquqlari himoyasi uçun” kökrak nişoni töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
“Inson huquqlari himoyasi uçun” kökrak nişoni töğrisidagi Nizomga köra, kökrak nişoni bilan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilişdagi xizmati, inson huquqlarini tarğib qilişdagi faolligi, inson huquqlari sohasidagi ta'lim, yoşlar örtasida inson huquqlarini himoya qiliş an'analarini rivojlantirişga qöşgan hissasi, inson huquqlarini himoya qiluvçi taşkilotlarni rivojlantiriş va boşqarişdagi salmoqli yutuqlari, inson huquqlari sohasidagi samarali ilmiy faoliyati, aholining imkoniyati çeklangan guruhlari huquqlarini himoya qilişga alohida örnak bölayotgani uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolar taqdirlanadi.

Kökrak nişoni bilan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar, şuningdek, inson huquqlarini himoya qiliş sohasida faoliyat olib borayotgan taşkilotlar ham taqdirlanişi mumkin.
Fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari va taşkilotlar hamda fuqarolar har yili 1 sentyabrga qadar kökrak nişoni bilan taqdirlaş yuzasidan takliflarni Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etadi.
Nomzod böyiça taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida ma'lumotnoma, sönggi uç yil davomida u tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş borasida amalga oşirgan işlari taqdim etiladi. Töliq taqdim qilinmagan hujjatlar körib çiqilmaydi.
Kökrak nişoni bilan taqdirlaşga oid takliflarni körib çiqiş yuzasidan Markaz direktori tomonidan komissiya taşkil etiladi.
Komissiya tarkibiga inson huquqlari sohasidagi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, olimlar va mutaxassislar, şuningdek, xalqaro taşkilotlar vakillari kiritiladi.
Komissiya yiğilişida nomzodlar böyiça hujjatlar örganilib, 10 noyabrga qadar eng munosib nomzodlar böyiça yakuniy qaror qabul qilinadi.
Komissiya tomonidan nomzodlarni kökrak nişoni bilan taqdirlaşda quyidagilar inobatga olinadi:
- nomzodning inson huquqlari himoya qiliş sohasidagi faoliyati;
- inson huquqlarini tarğib qilişdagi faolligi, inson huquqlari sohasidagi ta'lim, yoşlar örtasida tarğibot işlari, inson huquqlari böyiça ta'lim-tarbiya jarayonidagi yutuqlari;
















