Bir oy avval Çimboy tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Aybek Tajyetdinov xizmatda foydalaniş uçun EQUINOX (Mosaic Black Metallic) avtomobilini xarid qilmoqda.
Avval Vazirlar Kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimida, hozir esa Çimboy tumani hokimi bölgan Aybek Tajyetdinov «UzAuto Motors» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan EQUINOX rusumli maşinani 349 mln sömga sotib oliş böyiça şartnomani 21 dekabr kuni imzolagan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Hokimlik yangi avtomobil xarididan közlangan maqsadni şartnomada oçiqlamagan. Şartnomaga köra, 10 kun içida, 31 dekabr kuni EQUINOX egasiga yetkazib beriladi.
Eslatib ötamiz, Aybek Tajyetdinov egallab turgan lavozimiga 7 noyabr kuni kirişgandi.
Ma'lumot uçun, 12 noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi tomonidan qariyb 883 mln sömga Toyota Prado, 11 dekabr kuni esa Qoraqalpoğiston Soğliqni saqlaş vaziri 311 mln 124 ming 67 sömga Malibu-2 sotib olgandi.
















