O‘zbekistonning 17ta korxonasiga Rossiyaga pomidor olib kirishga ruxsat berildi
«Rosselxoznadzor» (Rossiya Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati) 2021 yil 14 apreldan boshlab Rossiyaga O‘zbekistonning 17ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi.
Rossiya Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati xabar qilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi 17ta korxonani «pomidor jigarrang bujmayish virusi» (ToBRFV)dan xoli deb topgan. Respublika vakolatli bo‘limi kafolati bilan «Rosselxoznadzor» O‘zbekistonning virusdan xoli deb topilgan korxonalariga Rossiyaga pomidor va qalampir yetkazib berishga ruxsat berdi.
Ruxsat berilgan korxonalar Qashqadaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yuritadi.
Ma'lumot uchun, 2020 yil 26 noyabrida «pomidor jigarrang bujmayish virusi» sababli respublikaning ayrim hududlariga Rossiya tomonidan vaqtinchalik taqiq joriy etilgan edi.
Dastlab, Farg‘ona viloyatidan eksport qilingan bulg‘or qalampiri va pomidor tarkibida zararkunanda topilgani vaji bilan ushbu hududdan ayni mahsulotlarni import qilishga taqiq qo‘yildi.
Keyinroq, «Rosselxoznadzor» O‘zbekistonning «Sunny land export» kompaniyasi tomonidan eksport qilingan mahsulot tarkibida «Tomato brown rugose fruit virus» aniqlangani vaji bilan Navoiy va Qashqadaryodan pomidor importiga taqiq joriy etdi.
«Rosselxoznadzor» 2020 yil 18 dekabrdan boshlab Farg‘ona viloyatida joylashgan 7ta korxonadan pomidor va qalampir mahsulotlarini Rossiya hududiga olib kirishga ruxsat bergan.
Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati 2021 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston hukumati huzuridagi «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi kafolati ostidagi 34ta kompaniyaga pomidorlarni Rossiyaga eksport qilishga rozilik bergan.
Shuningdek, Rossiya hukumati quritilgan mahsulotlarni eksport qiluvchilar majburiy ravishda korxona nomi va manzili, mahsulot markirovkasini ko‘rsatishi shartligini ma'lum qilgan.
«Rosselxoznadzor» 2021 yil 3 martdan boshlab Rossiyaga O‘zbekistonning oltita korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024