Nima voqea yuz berdi?
2020 yil yanvar oyida Hazorasp tumanidagi 4ta fermer xöjaligi – «Sadoqat Sarvara», «Aziza Çarosxon», «Şerzod Aminboy Alişer Azizbek», «Javoxir Moxinur Çaros» yerlari tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib olinadi. Hokimlikning bu haqdagi qarori fermerlar tomonidan «yozilgan» sörovnomalarga asoslanadi.
Jumladan, «Sadoqat Sarvara» fermer xöjaligi rahbari Qahramon Ganjayev, «Aziza Çarosxon» fermer xöjaligi rahbari Davronbek Xusinov, «Şerzod Aminboy Alişer Azizbek» fermer xöjaligi rahbari Şerzod Saidnazarov, «Javoxir Moxinur Çaros» fermer xöjaligi rahbari Akbar Babayev şunday sörovnoma bilan hokimlikka «murojaat qilişgan». Uşbu hujjatlar asosida tuman hokimligining yerlarni zaxiraga qaytariş haqidagi qarori qabul qilingan va fermer xöjaliklari faoliyati tugatilgan.
Aslida fermer xöjaliklari rahbarlari yerlarni qaytariş haqida heç qanday sörovnoma yozişmagan. Ular hatto yerdan mahrum qilinayotgani va faoliyati tugatib yuborilayotganidan bexabar bölişgan.
Tergov jinoyat sodir qilinganini tasdiqladi
Fermer xöjaliklari rahbarlari heç qanday sörovnoma yozmagani va noqonuniy tarzda yerdan mahrum qilingani haqida huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilişadi.
2020 yil avgust oyida Hazorasp tumani IIB ötkazgan tergovda tuman hokimligidagi «noma'lum şaxs» tomonidan fermerlarning sörovnomalari va imzolari soxtalaştirilgani tasdiqlangan. Uşbu şaxs Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 1-qismi, 2-qismi «a» bandi va 3-qismida körsatilgan jinoyatlarni sodir qilgani aniqlangan va jinoyat işi qözğatilgan.
Hazorasp tumani IIB tuman hokimligining ayrim mas'ul xodimlari tomonidan jinoyat sodir etilişiga şart-şaroit yaratilganini ham qayd qiladi.
Jumladan, «fermer xöjaligi rahbarlari yerlarning tuman zaxirasiga qaytarilayotgani haqida ogohlantirilmagan. Bundan taşqari, fermer xöjaligi rahbarlari nima sababdan yerlarni qaytarib oliş haqida sörovnoma yozgani muhokama qilinmagan. Yerlar tuman zaxirasiga qaytarilib, tanlovga qöyilmasdan boşqa şaxslarga berib yuborilgan».
2020 yil sentabr oyida Hazorasp tuman IIB aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf qiliş, tuman hokimligining mas'ul xodimlariga nisbatan keskin çoralar körişni, şuningdek, fermerlarning yerlarini tuman zaxirasiga qaytariş haqidagi qarorlarni bekor qilişni va yerlarni fermerlarga qaytarib berişni sörab taqdimnoma kiritadi.




















