5 ming va 10 ming so‘mlik pullar yangilanishining sababi aytildi
26 avgustdan boshlab O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 5 000 va 10 000 so‘mliklar muomalaga chiqariladi. Nega pullar yangi ko‘rinishda chiqarilmoqda? Markaziy bank mas'uli javob berdi.

Markaziy bank xodimi Zafar Asadovga ko‘ra, yangi ko‘rinishdagi banknotlarni chiqarishga “Davlat belgisi” DUKda modernizatsiya ishlari amalga oshirilgach pullarda zamonaviy himoya elementlarini qo‘llash sabab bo‘lgan. Shuningdek, barcha banknotlarda Buyuk ipak yo‘li va mamlakat tarixi mavzusini mujassamlashtirish maqsad qilingan.
“Markaziy bank tomonidan 2021 yil 26 avgustdan yangi ko‘rinishdagi 5 000 va 10 000 so‘mlik banknotlar muomalaga chiqariladi. Jahon amaliyotida banknotlarni bosish texnologiyalari doimo yangilanib bormoqda. O‘zbekistonning banknot va tangalari boshqa davlatlardan farqli ravishda o‘zimizda, ya'ni Markaziy bank tasarrufidagi “Davlat belgisi” DUK tomonidan tayyorlanadi.
Bugungi kunda “Davlat belgisi” DUKda modernizatsiya ishlari amalga oshirilgani uchun banknotalarimizda zamonaviy himoya elementlarini qo‘llash va har xil formatlarda raqamlash hamda laklash imkoniyati yaratildi. Jahon amaliyotida har bir mamlakatda banknotlarning tasvirlari yagona mavzu atrofida mujassamlashgan bo‘lib, xuddi shu kabi bizning banknotlarimiz dizaynini ham yagona mavzu atrofida birlashtirish maqsad qilingan. Bu mavzu Buyuk ipak yo‘li va mamlakatimizning qadimiy tarixiga qaratilgan. Jumladan, joriy yilning iyun oyidan muomalaga chiqarilgan 2 000 va 20 000 so‘mlik banknotlar va chiqishi rejalashtirilayotgan 5 000 va 10 000 so‘mlik banknotlar mavzusi Buyuk ipak yo‘li mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan”, – deydi MB mas'uli.
Yangi banknotlar hajmi oldingi ko‘rinishdagi banknotlarga nisbatan ixchamlashtirilgan. Bundan tashqari, yangi banknotlarda ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun banknotlarning nominal qiymatini aniqlash imkonini beruvchi maxsus elementlar kiritilgan.
Shuningdek, Zafar Asadovning ta'kidlashicha eski banknotlar tabiiy ravishda muomaladan chiqariladi.
“2013 yilda muomalaga chiqarilgan banknotlar yangi ko‘rinishdagi bankotlar bilan bir qatorda parallel ravishda muomalada bo‘ladi. Eski banknotlar to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi, tabiiy yo‘l bilan muomaladan qaytarib olinadi. Kelgusida faqat yangi banknotlar muomalaga chiqariladi. Eski pullar muomalada yurishi va aholi tomonidan hisob-kitobda foydalanilishi sababli yangi pullar muomalaga chiqarilishi hech qanday qo‘shimcha xarajatni talab etmaydi”, – deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi ko‘rinishdagi 5000 so‘m va 10 000 so‘mlik banknotlar dizayni e'lon qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Kongressiga Rossiya neftini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
Jahon | 10:05
-
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
Jamiyat | 10:00
-
AQShda dronlarga qarshi mikroto‘lqinli qurol sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Jahon | 09:50
-
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
Jamiyat | 09:45
Mavzuga oid

17:09 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

16:36 / 29.03.2025
Oxirgi 5 yilda korporativ tashqi qarz miqdori 2,4 barobarga oshgan – Markaziy bank hisoboti

19:51 / 24.03.2025
Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

20:17 / 21.03.2025