UzAuto Motors kompaniyasi şartnoma böyiça 2021 yil noyabr-dekabr oylarida avtomobil olişini kutayotgan mijozlarga avtomobillari yana 2 oy ötib yetkazib berilişini ma'lum qilmoqda.

«Kompaniya avtomobilni yetkazib beriş böyiça ilgari tuzilgan şartnomaning 1.2 bandiga mos ravişda şartnomaga 3.1.1 bandni kiritişga majburligini ma'lum qiladi.

Boşqaça aytganda, UzAuto Motors’ga boğliq bölmagan holatlar tufayli yarimötkazgiçlardan tayyorlangan butlovçi qismlar yetişmovçiligi hamda global logistika muammolari sababli kompaniya 3.1.1 bandini qöllaşga hamda 3.1 bandda körsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib beriş muddatini 2 oyga uzaytirişga majbur», deyilgan bayonotda.

Avvalroq, kompaniya tomonidan oktabr va noyabr oylarida Lacetti va Labo avtomobillarini kutayotgan xaridorlar bilan tuzilgan şartnomalarni öz vaqtida bajariş imkoniyati mavjud emasligi sabab xaridorlar yana 2 oygaça kutişlariga töğri kelişi ma'lum qilingandi.