Keça ijtimoiy tarmoqlarda Xöjayli tumanida ayol yoş bolalarini kaltaklab, xörlaşi aks etgan video tarqalgandi. Xöjayli tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Nurmuhammad Sapayev onasi tomonidan kaltaklangan qizlarning holati haqida ma’lumot berdi.
Nurmuhammad Sapayevga köra, video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, qizaloqlarga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Hozirda ularning salomatligi joyida.
Xöjayli tumani tibbiyot birlaşmasi rahbarining ta’kidlaşiça, onasi tomonidan zuğumga uçragan qizaloqlarning ovqatlanişi ham joyida. Şifokorlar ular bilan faol muloqotda bölmoqda.
Sapayevning qöşimça qilişiça, qizaloqlar onasidan ajratilib, şifokorlar nazoratiga olingan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli, adekvat holatda, deb baholanmoqda.
Ma’lumot uçun, qizlarning kattasi 5, kiçigi 3 yoşda. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolar 2020-2021 yillarda qizlarning onasi tomonidan yozib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi X.F.ga nisbatan protsessual çeklov çora belgilaş masalasi körilmoqda.
Eslatib ötamiz, Qoraqalpoğiston IIV matbuot xizmati bilan suhbatda öz qizlarini kaltaklagan ona nega bunday qilganini gapirib bergandi.
Bundan oldin Nukusda yoş ona yangi tuğilgan çaqaloğini köçaga taşlab ketgandi.
















