Konstitutsiyaga taklif etilayotgan özgarişlar röyxati
|20:07 / 25.06.2022399 53235 min
Konstitutsiyadagi 128 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini özgartiriş va 6 ta yangi modda qöşiş taklif etilyapti.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini e’lon qildi.
Loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq özgartişlar kiritiş hamda 16 ta normani öz içiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qöşiş taklif etilmoqda.
Kun.uz öz öquvçilariga qulay bölişi uçun 20 betdan iborat qonun loyihasini yuridik qolipdan soddaroq formatga ötkazib, zarur holatlarda amaldagi Konstitutsiya bilan taqqoslagan holda e’lon qilmoqda.
Ta’kidlaş lozim, qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamalari portali – regulation.gov.uz saytida emas, Meningkonstitutsiyam.uz saytida pdf formatda e’lon qilindi. Bu esa fuqarolarda loyihaga moddama-modda fikr bildiriş va onlayn muhokama ötkaziş imkoniyatini çeklaydi. Avvalroq Kun.uz barça NHH loyihalari jamoatçilik muhokamasini ötkaziş uçun majburiy tartibda regulation.gov.uz'ga joylanişi tartibi bekor qilingani haqida yozgandi.
1-moddadagi “Özbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasini quyidagiça özgartiriş taklif etilmoqda:
Özbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat.
1-modda özgargaç, uni boşqa heç qaçon özgartirmaslik belgilanmoqda. Buning uçun 127-moddaga (bu moddada Konstitutsiyani özgartiriş prinsiplari yozilgan) quyidagiça ikkinçi qism qöşiladi:
Uşbu Konstitutsiya 1-moddasining va uşbu moddasi ikkinçi qismining qoidalari qayta körib çiqilişi mumkin emas.
13-modda kengaytirilib, unga xususan quyidagi qoidalar qöşilişi kutilyapti:
Insonga nisbatan huquqiy ta’sir çorasi davlat organi tomonidan közlanadigan qonuniy maqsadga erişiş uçun yetarli bölişi hamda manfaatdor şaxslarga imkon qadar qiyinçilik tuğdirmasligi kerak.
Mavzuga oid
Insonning davlat organlari bilan özaro munosabatlarida qonunçilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bölmaydigan barça qarama-qarşiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi.
15-modda quyidagiça norma bilan töldirilyapti:
Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuçga ega bölib, töğridan töğri amal qiladi va Özbekiston Respublikasining butun hududida qöllaniladi.
16-moddadagi: “Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi Özbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilişi mumkin emas” degan qoida kengaytirilmoqda:
Uşbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklariga, Özbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, uşbu Konstitutsiyaning birinçi bölimida nazarda tutilgan asosiy prinsiplarga va qoidalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilişi mumkin emas.
17-moddaning birinçi qismi amaldagi tahriri bunday: “Özbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning töla huquqli sub’yektidir. Uning taşqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuç işlatmaslik yoki kuç bilan tahdid qilmaslik, çegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boşqa qoidalari va normalariga asoslanadi”.
Mazkur moddaning yuqoridagi birinçi qismi örniga quyidagiça birinçi va ikkinçi qismlarni kiritiş taklif etilyapti:
Özbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning töla huquqli sub’yektidir. Uning taşqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qiliş, davlatlarning suveren tengligi, kuç işlatmaslik yoki kuç bilan tahdid qilmaslik, çegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik qoidalariga hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boşqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Özbekiston barça davlatlar bilan döstona va tinçliksevarlik taşqi siyosat olib boradi
Amaldagi 17-moddaning quyidagiça ikkinçi qismi özgarmay qoladi va uçinçi qismga aylanadi: “Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlaş maqsadida ittifoqlar tuzişi, hamdöstliklarga va boşqa davlatlararo tuzilmalarga kirişi va ulardan ajralib çiqişi mumkin”.
20-moddagainson huquqlarining çeklanişiga oid quyidagiça norma qöşilyapti:
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonun bilan va boşqa şaxslarning huquq va erkinliklarini, şuningdek jamoat xavfsizligini va tartibini ta’minlaş uçun zarur bölgan doirada çeklanişi mumkin.
22-moddagaquyidagiça yangi qoidalar kiritilmoqda:
Özbekiston Respublikasi fuqarosi Özbekistondan taşqariga çiqarib yuborilişi yoki boşqa davlatga berilişi mumkin emas.
Davlat xorijda yaşayotgan fuqarolar va vatandoşlar bilan aloqalarning saqlanib qolişi hamda rivojlanişi töğrisida ğamxörlik qiladi.
24-moddaga kiritilayotgan yangi jumla:
Özbekiston Respublikasida ölim jazosi taqiqlanadi.
25-moddaga jinoyat qonunçiligiga oid normalar qöşilyapti:
Uşlab turişga, qamoqqa olişga va qamoqda saqlaşga yoki ozodlikni boşqaça tarzda çeklaşga faqat sudning qaroriga köra yöl qöyiladi. Şaxs sud qaror qabul qilmaguniça 48 soatdan köp muddat uşlab turilişi mumkin emas. Agar uşlab turiş yoki ozodlikni boşqaça tarzda çeklaş töğrisidagi qaror belgilangan muddatda sud tomonidan qabul qilinmasa, şaxs darhol ozod qilinişi kerak.
Şaxsni uşlab turiş çoğida uning huquqlari va uşlab turiş asoslari unga tuşunarli tilda tuşuntirilişi kerak.
Heç kim şartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganligiga asoslanib jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin emas.
Heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi muomalaga yoxud jazoga duçor etilişi mumkin emas.
Heç kimda uning roziligisiz tibbiy, ilmiy va boşqa tajribalar ötkazilişi mumkin emas.
Har bir inson öz şaxsini erkin rivojlantiriş, qonun bilan taqiqlanmagan hamda boşqa şaxslarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan har qanday harakatni amalga oşiriş huquqiga ega. Qonunda belgilanmagan majburiyat heç kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilişi mumkin emas.
26-moddaga qöşilayotgan sud-huquq tizimiga oid normalar:
Aybdorlikka oid barça şubhalar, agar ularni bartaraf etiş imkoniyatlari tugagan bölsa, gumon qilinuvçining, ayblanuvçining yoki sudlanuvçining foydasiga hal qilinişi kerak. Qonunni qöllaş jarayonida yuzaga keladigan şubhalar ham gumon qilinuvçining, ayblanuvçining yoki sudlanuvçining foydasiga hal qilinişi kerak.
Gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi özining aybsizligini isbotlab berişi şart emas va istalgan vaqtda sukut saqlaş huquqidan foydalanişi mumkin.
Heç bir şaxs öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi guvohlik berişga majbur emas.
Ozodlikdan mahrum etilgan barça şaxslarga nisbatan insoniy munosabatda bölinişi va ularning şaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinişi kerak.
Şaxsning sudlanganligi va bundan kelib çiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoşlari huquqlarini çeklaş uçun asos bölmasligi kerak.
Konstitutsiyaga 261- va 262-moddalarniqöşiş taklif etilyapti, bu yangi moddalarda quyidagilar belgilanmoqda:
Har bir şaxs advokat yordamidan öz tanloviga köra hamda jinoyat protsessining har qanday bosqiçida foydalaniş, şaxs uşlab turilganida esa uning harakatlaniş erkinligi huquqi amalda çeklangan paytdan e’tiboran foydalaniş huquqiga ega.
Gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi ayblovning mohiyati va asoslari töğrisida xabardor qiliniş, öziga qarşi körsatma bergan guvohlar bilan yuzlaştiriliş, öz foydasiga körsatma berayotgan guvohlarning çaqirtirilişi huquqiga ega.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oşiriş çoğida foydalanişga yöl qöyilmaydi.
Huquqbuzarliklardan va hokimiyatni suiiste’mol qilişdan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga odil sudlovdan foydalana olişini va yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinişini ta’minlaydi.
Har bir şaxs davlat organlarining yoki ular mansabdor şaxslarining noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning örni davlat tomonidan qoplanişi huquqiga ega.
Heç kim ayni bir huquqbuzarlik uçun ikki marta javobgarlikka tortilişi mumkin emas.
Heç bir şaxs sodir etilgan paytda huquqbuzarlik deb topilmagan qilmiş uçun javobgarlikka tortilişi mumkin emas.
Qilmiş uçun jazoni istisno etadigan yoki yengillaştiradigan qonun orqaga qaytiş kuçiga ega.
Javobgarlikni belgilaydigan yoki oğirlaştiradigan qonun orqaga qaytiş kuçiga ega emas.
Heç bir inson rasmiy ravişda e’lon qilinmagan qonunga asosan hukm qilinişi, jazoga tortilişi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilişi mumkin emas.
27-moddadagi şaxsiy hayot daxlsizligiga oid normalar kuçaytirilyapti:
Har bir inson şaxsiy hayotining daxlsiz bölişi, şaxsiy va oilaviy siri, öz şa’ni va qadr-qimmati himoya qilinişi huquqiga ega.
Har kim öz şaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qiliş huquqiga ega.
Har bir şaxs yozişmalarni, telefon va boşqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali sözlaşuvlarni, poçta-telegraf jönatmalarini hamda boşqa xabarlarni amalga oşiriş erkinligi va ularning sir saqlanişi huquqiga ega. Uşbu huquqning çeklanişiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning qaroriga asosan yöl qöyiladi.
28-moddadagi: “Özbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan ikkinçi joyga köçiş, Özbekiston Respublikasiga keliş va undan çiqib ketiş huquqiga ega. Qonunda belgilangan çeklaşlar bundan mustasnodir” degan norma quyidagiça tahrirga ötkazilyapti:
Özbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bölib turgan har bir şaxs respublika hududi böylab erkin harakatlaniş, turar va yaşaş joyini erkin tanlaş huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan çeklovlar mustasno.
Har kim respublikadan taşqariga çiqiş huquqiga ega. Özbekiston Respublikasi fuqarolari Özbekistonga moneliksiz qaytiş huquqiga ega.
29-moddada internetdan foydalaniş har kimning huquqi deb e’lon qilinmoqda (hozirça istisnolar, xususan sud qarorlari bilan çeklaşga oid qöşimçalar loyihada yöq):
Har kim internet jahon axborot tarmoğiga kiriş va undan erkin foydalaniş huquqiga ega.
30-moddada şaxsning öziga taalluqli hujjatlar va ma’lumotlarga oid huquqlari aniq yozilmoqda:
Davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari, taşkilotlar va mansabdor şaxslar har kimga öz huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor bölgan qonunçilik hujjatlari, şuningdek hujjatlar, qarorlar va boşqa materiallar bilan tanişib çiqiş imkoniyatini ta’minlaşi şart.
Har kim davlat organlarida, fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida, jamoat birlaşmalarida, taşkilotlarda özi haqida töplangan ma’lumotlar bilan tanişiş va notöğri ma’lumotlarning tuzatilişini, şuningdek noqonuniy yöl bilan töplangan yoki huquqiy asoslarga ega bölmagan ma’lumotlarning yöq qilinişini talab etiş huquqiga ega.
32-moddagamahalla idoralariga oid ta’rif kiritilyapti:
Fuqarolarning mahalliy ahamiyatga ega bölgan masalalarni öz manfaatlaridan, rivojlanişning öziga xos tarixiy xususiyatlaridan, şuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar hamda an’analardan kelib çiqqan holda, mustaqil ravişda va qonun doirasida hal etiş huquqi hamda uni amalga oşira oliş qobiliyati fuqarolarning özini özi boşqarişi deb e’tirof etiladi.
36-moddadagi:“Har bir şaxs mulkdor bölişga haqli” degan jumla quyidagiça özgartirilyapti:
Har kim qonun bilan muhofaza qilinadigan mulkka, şu jumladan intellektual mulkka bölgan huquqqa ega.
37-moddaga mehnat huquqiga doir quyidagiça normalar qöşilyapti:
Har kim mehnati uçun heç qanday kamsitilişlarsiz va belgilangan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmagan tarzda adolatli haq oliş huquqiga ega.
Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori insonning özi va oilasi yaşaşi uçun yetarli bölişi kerak.
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni işga qabul qilişni rad etiş, işdan böşatiş va ularning iş haqini kamaytiriş taqiqlanadi.
Har bir işlovçi ayol homilador bölgan taqdirda va tuğiş davrida haq tölanadigan ta’tilga hamda yangi tuğilgan çaqaloqni parvariş qiliş uçun ta’tilga yoki bolani farzandlikka oliş uçun ta’tilga çiqiş huquqiga ega.
Şu moddadagi: “Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni ötaş tartibidan yoki qonunda körsatilgan boşqa hollardan taşqari majburiy mehnat taqiqlanadi” degan jumladan keyin quyidagiça yangi jumla qöşilmoqda:
Majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon şakllaridan foydalaniş taqiqlanadi hamda bu qonunga köra javobgarlikka sabab böladi.
38-moddadagi: “Yollanib işlayotgan barça fuqarolar dam oliş huquqiga egadirlar. Iş vaqti va haq tölanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi” degan jumla quyidagiça özgartirilmoqda:
Har bir şaxs dam oliş huquqiga ega. Yollanib işlayotgan fuqarolar dam oliş huquqiga, dam oliş va bayram kunlari, haq tölanadigan har yilgi ta’tilga çiqiş huquqiga ega.
39-moddadagi:“Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boşqa turlarining miqdori rasman belgilab qöyilgan tirikçilik uçun zarur eng kam miqdordan oz bölişi mumkin emas” degan jumladagi “tirikçilik uçun zarur eng kam miqdor” degan sözlar “eng kam iste’mol xarajatlari” deb özgartirilmoqda.
39-moddaga ijtimoiy himoyaga oid quyidagiça yangi bandlar ham qöşilyapti:
Davlat ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand va kam ta’minlangan, uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan fuqarolarni qonunda belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlaydi.
Davlat nogironligi bölgan şaxslarning huquq va manfaatlarini amalga oşiriş uçun zarur teng şaroitlarni yaratadi.
Nogironligi bölgan şaxslarga nisbatan har qanday ajratib qöyiş, hisobga olmaslik, çetlatiş, çeklaş yoki ortiqça yon bosiş, şuningdek nogironligi bölgan şaxslarning obektlar va xizmatlardan foydalaniş uçun şart-şaroitlar yaratişdan böyin tovlaş taqiqlanadi.
40-moddaga soğliqni saqlaşga oid quyidagiça normalar qöşilyapti:
Özbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va şoşilinç tibbiy yordamni ham öz içiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olişga haqli.
Davlat soğliqni saqlaşning davlat, xususiy va boşqa tizimlarini rivojlantiriş, sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta’minlaş, tibbiy suğurtaning turli şakllarini rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş böyiça zarur çoralar köradi.
Davlat barqaror rivojlaniş prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxşilaş, tiklaş va himoya qiliş, ekologik muvozanatni saqlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Davlat Orolböyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qiliş va tiklaş, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantiriş böyiça zarur çoralar köradi.
Konstitutsiyaga 401-modda qöşilmoqda:
Har kim soğlom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega böliş hamda öz soğliğiga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning örni qoplanişi huquqiga ega.
41-moddaning amaldagi tahriri bunday: “Har kim bilim oliş huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim oliş davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab işlari davlat nazoratidadir”. Bu moddani quyidagiça yangi tahrirga ötkaziş taklif etilmoqda:
Har kim ta’lim oliş huquqiga ega.
Davlat maktabgaça ta’lim va tarbiyani rivojlantirişga kömaklaşadi.
Davlat har bir bolaning umumiy örta ta’lim taşkilotlariga öqişga kirişi uçun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan ötişga bölgan huquqini kafolatlaydi.
Bepul umumiy örta ta’lim oliş davlat tomonidan kafolatlanadi. Umumiy örta ta’lim majburiydir.
Maktab işlari, maktabgaça ta’lim va tarbiya davlat nazoratida böladi.
Ta’lim böyiça alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega bölgan bolalar uçun ta’lim taşkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiya taşkil etiladi.
Davlat iste’dodli yoşlarning moddiy ahvolidan qat’i nazar, ta’limni davom ettirişini kafolatlaydi.
Davlatga qaraşli, xususiy va boşqa şakldagi ta’lim muassasalari hamda taşkilotlarini rivojlantiriş uçun davlat teng şart-şaroitlar yaratadi.
Pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlaş jamiyat va davlatning maqsadi hamda mas’uliyatli vazifasidir.
Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralaşişga, şuningdek ularning xizmat majburiyatlarini bajarişiga monelik qilişga yöl qöyilmaydi.
Konstitutsiyaga quyidagi mazmundagi 411-modda qöşilmoqda:
Har kim davlat ta’lim taşkilotlarida tanlov asosida bepul oliy ma’lumot olişga haqli.
Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot taşkilotlari qonunda belgilangan doirada özini özi boşqariş, akademik erkinlik, şuningdek tadqiqotlar ötkaziş va öqitiş erkinligi huquqiga ega.
Davlat ilm-fanni rivojlantirişga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar örnatişga kömaklaşadi.
42-moddaga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligidan taşqari, badiiy ijod erkinligi ham qöşiladi:
Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalaniş huquqi kafolatlanadi.
Konstitutsiyaga 421-modda qöşilmoqda:
Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, bolalar hamda yoşlarni ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalaş uçun zarur şart-şaroitlar yaratadi.
Amaldagi 43-modda quyidagiçabitta jumladan iborat: “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi”. Mazkur moddani quyidagiça qayta yoziş taklif etilmoqda:
Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlaş – davlatning oliy maqsadidir.
Davlat inson va fuqaroning Konstitutsiyada hamda qonunlarda mustahkamlangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaydi.
Har bir şaxs öz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barça usullar bilan himoya qilişga haqli.
44-moddagaquyidagiça yangi band kiritilyapti:
Har kim Özbekiston Respublikasining qonunçiligiga va xalqaro şartnomalariga muvofiq öz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinişi uçun inson huquqlari böyiça milliy va xalqaro institutlarga murojaat qilişga haqli.
Amaldagi 45-modda quyidagiça bitta banddan iborat: “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolğiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir”. Mazkur moddaga quyidagiça ikkinçi band qöşiladi:
Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oşirişga, ularga jamiyat va davlat hayotida boşqa fuqarolar bilan teng ravişda iştirok etiş uçun şart-şaroitlar yaratişga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravişda ta’minlaş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan çoralar köradi.
49-moddadagi “Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir” degan jumla örniga quyidagilar kiritiladi:
Tarixiy, ma’naviy, madaniy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat milliy qadriyatlarni himoya qiliş, Özbekiston xalqi ma’naviy va madaniy merosining uzluksizligini ta’minlaş töğrisida ğamxörlik qiladi.
Amaldagi 52-moddada şunday yozilgan: “Özbekiston Respublikasini himoya qiliş – Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burçidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni ötaşga majburdirlar”. Yuqoridagiikki jumladan oldin quyidagiça yangi jumla kiritiladi:
Vatanga bölgan sadoqat muqaddasdir.
53-moddaga iqtisodiyot va tadbirkorlikka oid qator yangi normalar, xususan quyidagilar qöşiladi:
Tadbirkorlar qonunçilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oşirişga, öz faoliyatining yönalişini mustaqil ravişda tanlaşga, tadbirkorlikdan çeklanmagan miqdorda daromad olişga haqli.
Özbekiston Respublikasida tovarlarning, xizmatlarning, işçi kuçining va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişi kafolatlanadi.
Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollaştirişga yöl qöyilmaydi.
Davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş natijalari qayta körib çiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
Konstitutsiyagayangi 531-modda qöşiladi:
Heç bir şaxs öz mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilişi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uçun majburiy ravişda boşqa şaxsga ötkaziş qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning örnini oldindan va teng qiymatda qoplaş şarti bilan amalga oşirilişi mumkin.
55-moddagaquyidagiçanormalarqöşiladi:
Yer qonunda nazarda tutilgan şartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham bölişi mumkin.
Qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar, örmon fondi davlatga tegişli bölib, tadbirkorlik sub’yektlariga ijara şartnomalari asosida ajratiladi.
56-moddaning amaldagi talqini quyidagiça: “Özbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilgan kasaba uyuşmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoşlar taşkilotlari, ijodiy uyuşmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boşqa uyuşmalari jamoat birlaşmalari sifatida e’tirof etiladi”. Mazkur moddani quyidagiça tahrirga ötkaziş taklif etilyapti:
Fuqarolik jamiyati institutlari, şu jumladan mahallalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyuşmalari, jamoat fondlari va şaxslarning boşqa jamoat birlaşmalari fuqarolik jamiyatining asosini taşkil etadi, uning mazmunini belgilaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilişga, ijtimoiy hamda madaniy maqsadlarga erişiş uçun kömaklaşişga, jamiyatning ma’naviy va boşqa nomoddiy ehtiyojlarini qanoatlantirişga qaratilgandir.
61-moddagadiniy erkinlikka oid quyidagiça normalar qöşiladi:
Özbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda faoliyat körsatayotgan barça diniy taşkilotlar faoliyatining erkinligi kafolatlanadi.
Davlat konfessiyalarning tinç-totuv yaşaşiga kafil böladi.
63-moddaning amaldagi tahriri bunday: “Oila jamiyatning asosiy böğinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”. Mazkur modda quyidagiça tahrirga ötkaziladi:
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy böğini, aholini saqlab qoliş hamda köpaytiriş negizi sifatida jamiyat va davlatning alohida muhofazasi ostida böladi.
Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
Davlat oilaning tölaqonli rivojlanişi uçun zarur bölgan ijtimoiy va iqtisodiy şart-şaroitlarni yaratadi.
Davlat köp bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilişini ta’minlaydi.
64-moddadaota-onalar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ularning örnini bosuvçi şaxslar zimmasiga ham yuklatilmoqda. Bu vazifalar qatoriga bolalarni voyaga yetgunga qadar boqiş va tarbiyalaşdan taşqari, ularning ta’limi, soğlom va tölaqonli kamol topişi haqida qayğuriş ham qöşilmoqda.
65-moddadagi: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” degan jumla örniga quyidagilar yoziladi:
Bolaning manfaatlari, bolalarning tölaqonli, jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanişi uçun barça şart-şaroitlarni yaratiş davlat siyosatining eng muhim ustuvor yönalişidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoşlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan faxrlaniş tuyğusini şakllantiriş töğrisida ğamxörlik qiladi.
70-moddaning amaldagi tahriri bunday: “Suveren Qoraqalpoğiston Respublikasi Özbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpoğiston Respublikasining suvereniteti Özbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi”.
Mazkur moddani quyidagiça şaklga ötkaziş közda tutilmoqda:
Qoraqalpoğiston Respublikasi Özbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda qonunçiligida nazarda tutilgan barça huquq va erkinliklar kafolatlanadi.
74-moddaning amaldagi tahriri bunday:“Qoraqalpoğiston Respublikasi Özbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpoğiston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib çiqiş huquqiga ega”.
Mazkur moddani ikki qismdan iborat quyidagiça şaklga ötkaziş taklif etilmoqda:
Qoraqalpoğiston Respublikasi öz hududida qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatini Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga, Qoraqalpoğiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiq amalga oşiradi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Qoraqalpoğiston Respublikasining oliy mansabdor şaxsidir.
75-moddaning amaldagi tahriri bunday:“Özbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasining özaro munosabatlari Özbekiston Respublikasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi örtasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan şartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. Özbekiston Respublikasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi örtasidagi nizolar murosaga keltiruvçi vositalar yordamida hal etiladi”.
Mazkur moddani quyidagiça şaklga ötkaziş közda tutilmoqda:
Özbekiston Respublikasi Qoraqalpoğiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlanişi uçun zarur moliyaviy, moddiy, taşkiliy-texnik va boşqa şart-şaroitlarni yaratadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Özbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyati oliy organlarida öz vakillariga ega böladi.
77-moddagaOliy Majlis deputatlari hududiy kengaşlarda deputat bölişini çeklovçi band qöşilmoqda:
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining deputati ayni bir vaqtning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining deputati bölişi mumkin emas.
78- va 93-moddalarga kiritilayotgan özgarişlarga binoan:
Özbekiston içki va taşqi siyosatining asosiy yönalişlarini belgilaş vakolati Oliy Majlisdan prezidentga ötkaziladi.
78-moddada, Qonunçilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar qöşilmoqda:
Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini körib çiqiş;
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari böyiça vakilini saylaş;
Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi har yilgi Milliy ma’ruzani körib çiqiş.
80- va 93-moddalarga kiritilayotgan özgarişlarga asosan, Senatning vakolatlari uçtaga köpaymoqda:
Prezident taqdimiga binoan Hisob palatasi va Sudyalar oliy kengaşi raislarini tayinlaş va lavozimidan ozod etiş;
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktorini tayinlaş hamda lavozimdan ozod etiş töğrisidagi prezident farmonlarini tasdiqlaş;
Özbekistonning çet davlatlardagi va xalqaro taşkilotlar huzuridagi diplomatik vakillari faoliyati bilan boğliq masalalar yuzasidan hisobotlarni eşitiş.
83-moddadaqonunçilik taşabbusiga ega sub’yektlar röyxatiga quyidagilar qöşilyapti:
Özbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bölgan, yuz ming nafardan kam bölmagan fuqarolari;
Oliy Majlis Senati;
Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman);
Markaziy saylov komissiyasi.
Bu moddaning yangi tahriri asosida Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va boş prokurorning qonunçilik taşabbuslari doirasi çeklanmoqda: ular (şuningdek, Sudyalar oliy kengaşi ham) faqat “öz vakolatlariga oid masalalar yuzasidan” qonunçilik taşabbusi bilan çiqişi mumkin böladi.
84-moddaning yangi tahriri bilan quyidagilar taklif etilyapti:
Qonunçilik palatasi qabul qilgan qonunlarni Senatga yuborişning çeklangan muddatini (qonun qabul qilingan kundan boşlab) amaldagi 10 kundan 20 kunga uzaytiriş;
Senat ma’qullagan qonunlarni imzolaş va e’lon qiliş uçun prezidentga yuborişning çeklangan muddatini (qonun ma’qullangan kundan boşlab) 10 kundan 20 kunga uzaytiriş;
Prezident Senatdan kelib tuşgan qonunni imzolaşi va e’lon qilişining çeklangan muddatini amaldagi 20 kundan 2 oyga uzaytiriş.
90-moddada prezidentning vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytiriş taklif etilmoqda.
içki va taşqi siyosatning eng muhim strategik ustuvor yönalişlarini belgilaş hamda ularning ijro etilişiga oid masalalar yuzasidan Oliy Majlisga murojaatnomalar yöllaş;
prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşini şakllantiriş va boşqariş;
Prezident administratsiyasini, şuningdek arezident huzuridagi maslahat-kengaş organlarini va boşqa organlarni şakllantiriş.
98-moddaning yangi tahriri bilan Vazirlar Mahkamasiga quyidagi yönalişlarda javobgarlik yuklatilmoqda:
ekologiya böyiça dasturlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş;
oilani qöllab-quvvatlaş va mustahkamlaş, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qoliş;
ijtimoiy himoya qiliş, şu jumladan nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy himoya qiliş tizimi işlaşini ta’minlaş;
fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş.
99-, 100-, 101- va 102-moddalarga kiritilayotgan özgarişlar orqali viloyatlar, tumanlar va şaharlarda ijro etuvçi va vakillik hokimiyati organlari bir-biridan ajratiladi:
Hududdagi ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman va şahar hokimi boşçilik qiladi.
Xalq deputatlari kengaşiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boşçilik qiladi.
Kengaşlar va hokimlar faoliyati qonun bilan tartibga solinadi.
Kengaşlarning vakolat muddati – 5 yil.
102-moddadagi amaldagi norma – poytaxt va viloyatlar hokimlari prezident tomonidan, tuman-şahar hokimlari esa yuqori turuvçi hokim tomonidan tayinlanişi va lavozimidan ozod etilişi, bu boradagi qarorlar hududiy kengaş tomonidan tasdiqlanişi haqidagi qoida özgarişsiz qoldirilmoqda.
Kengaşlarning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
hududni rivojlantirişning istiqbolga möljallangan dasturlarini, tuman, şaharning boş rejasini va uni quriş qoidalarini hokimning taqdimiga binoan tasdiqlaş;
tegişli mahalliy budjetlarni hokimlarning taqdimiga binoan körib çiqiş va qabul qiliş, uşbu budjetlarning ijro etilişi töğrisidagi hisobotlarni tasdiqlaş;
mahalliy soliqlar stavkalarini va boşqa majburiy tölovlarni qonunçilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilaş;
budjetdan taşqari jamğarmalarni şakllantiriş;
hokimni va uning örinbosarlarini lavozimga tasdiqlaş, ularning faoliyati töğrisidagi hisobotlarni eşitiş;
qonunçilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini tan oliş hamda muddatidan oldin tugatiş, ularni javobgarlikka tortiş uçun rozilik beriş;
qonunda nazarda tutilgan hollarda hokimning qarorlarini tasdiqlaş;
tegişli prokurorlarning, içki işlar organlari rahbarlarining, adliya organlarining va davlat boşqaruvi organlari boşqa bölinmalarining hisobotlarini eşitiş;
hokimning va quyi turuvçi xalq deputatlari kengaşining Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq bölmagan qarorlarini bekor qiliş;
qonunda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
Hokimlarning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
qonunlarni hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, prezidentning, Vazirlar Mahkamasining farmonlarini, qarorlarini va farmoyişlarini, yuqori turuvçi organlarning hamda tegişli xalq deputatlari kengaşining qarorlarini bajariş;
soğliqni saqlaş, ta’lim, jamoat transporti tizimlarining samarali faoliyat körsatişini ta’minlaş;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirişni ta’minlaşga qaratilgan çoralarni amalga oşiriş;
fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boşqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilişga, ularning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlaşga doir çoralarni amalga oşiriş;
munitsipal mulkni va mahalliy kommunal xöjalikni boşqariş; atrof-muhitning muhofaza qilinişini ta’minlaş;
fuqarolarning böş vaqtini taşkil etiş va madaniyat sohasidagi xizmatlardan foydalanişini ta’minlaş uçun şart-şaroitlar yaratiş;
mahalliy budjetni şakllantiriş va ijro etiş;
xalq deputatlari kengaşlariga viloyatni, tumanni, şaharni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirişning asosiy yönalişlarini, viloyat va Toşkent şahar mahalliy budjetining, tuman va şahar budjetining tegişli loyihalarini, şuningdek ularning ijro etilişi töğrisidagi hisobotlarni taqdim etiş;
qonunda belgilangan hollarda, quyi turuvçi hokimlarning qarorlarini bekor qiliş va xalq deputatlari kengaşiga quyi turuvçi xalq deputatlari kengaşlarining hujjatlarini bekor qiliş töğrisida taqdimnoma kiritiş;
respublikada va xorijda viloyat, tuman hamda şaharning rasmiy vakili sifatida iş yuritiş;
qonunda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
105-modda yangi tahrirga ötkazilib,mahalla va fuqarolarning özini özi boşqarişi böyiça quyidagiça qoidalar belgilanyapti:
Raisni va öz boşqaruv organlarini saylaydigan mahallalar – şaharlardagi, şaharçalardagi, qişloqlardagi va ovullardagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlaridir.
Mahallalar davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va öz vakolatlari doirasida mustaqildir.
Davlat mahallalar faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur şart- şaroitlar yaratadi, ularga qonunçilikda berilgan vakolatlarni amalga oşirişda kömaklaşadi. Mahallalar faoliyatining huquqiy asoslari, şuningdek mahalla raisining va boşqaruv organlarining saylovi tartibi, vakolatlari hajmi qonun bilan belgilanadi.
109-moddaga qöşiladigan yangi bandga binoan:
Konstitutsiyaviy sud fuqarolarning va yuridik şaxslarning muayyan işda sud tomonidan ularga nisbatan qöllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekşiriş haqidagi şikoyatlarini körib çiqadi.
111-moddada Sudyalar oliy kengaşi mustaqil deb belgilanmoqda:
Sudyalar oliy kengaşi – sudyalar hamjamiyatining sud korpusi şakllantirilişini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilişini ta’minlovçi mustaqil organidir.
112-moddaning joriy talqinidagi“Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda körsatilgan asoslar bölgandagina ozod etilişi mumkin” degan jumla quyidagi jumlaga almaştiriladi:
Sudyalarni almaştirib bölmaydi. Ularning vakolatlari faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga köra tugatilişi yoki töxtatilişi mumkin.
116-moddaning amaldagi talqini bunday: “Ayblanuvçi himoyalaniş huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud işini yuritişning har qanday bosqiçida malakali yuridik yordam oliş huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va taşkilotlarga yuridik yordam beriş uçun advokatura faoliyat körsatadi. Advokaturani taşkil etiş va uning iş tartibi qonun bilan belgilanadi”.
Mazkur modda quyidagiça yangi tahrirga ötkaziladi:
Har kimga malakali yuridik yordam olişga bölgan huquq kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam bepul körsatiladi.
Tergovning va sud işini yuritişning har qanday bosqiçida malakali yuridik yordamga bölgan huquq kafolatlanadi. Jismoniy va yuridik şaxslarga yuridik yordam körsatiş uçun mustaqillik va özini özi boşqariş prinsiplariga asoslangan advokatura faoliyat körsatadi. Advokaturani taşkil etiş va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
Advokat şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça öz kasbiy vazifalarini amalga oşirayotganda uning faoliyatiga aralaşişga yöl qöyilmaydi.
117-moddadamahalliy kengaşlar deputatligi uçun saylovni Markaziy saylov komissiyasi ötkazişi haqida norma kiritilmoqda.
122-moddaga quyidagiça bandlar qöşiladi:
Özbekiston Respublikasida Davlat budjetini va davlat qarzini şakllantiriş hamda ijro etiş tartibi oçiqlik va oşkoralik prinsiplari asosida amalga oşiriladi.
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining şakllantirilişi va ijro etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi. Fuqarolarning budjet jarayonida iştirok etişi tartibi va şakllari qonunda belgilanadi.
Konstitutsiyani özgartiriş böyiça qonun loyihasining bugun boşlangan jamoatçilik muhokamasi 10 kun davom etadi.