Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy sud raisi lavozimiga Islomov Baxtiyor Jahongiroviç nomzodini ilgari surdi.
Baxtiyor Islomov bungaça prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi sifatida işlab kelayotgandi.
Oliy sud raisi lavozimida işlab kelgan Komilov Kozimjon Foziloviç esa Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga nomzod sifatida taqdim etildi.
Bu borada Senatga tegişli taqdimnomalar kiritilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident, şuningdek, Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari joriy yil 24 avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasi örniga nomzodlarni ham Senatga taqdim etgan. Uşbu nomzodlar:
- Balkibayeva Janagul Ismoilovna;
- Ğafurov Asqarjon Boyisoviç;
- Davletova Karomatjon Xudoybergenovna;
- Ismaylov Raxat Aminbayeviç;
- Rahimov Abdumannob Qöziyeviç;
- Rahmonov Akmal Ergaşeviç.
Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, öz vakolatlariga 24 avgustdan boşlab kirişadi.
Ma’lumot uçun, 9 nafar sudyadan iborat Özbekiston Konstitutsiyaviy sudiga 2021 yil fevralidan buyon Mirzo-Uluğbek Abdusalomov raislik qilmoqda.
Kozimjon Komilov ikki oy avval Oliy sud raisi lavozimiga qayta saylangandi. Muqaddam Oliy xöjalik sudi raisi bölgan Komilov Oliy sudni 2017 yildan buyon boşqarib kelayotgandi.
Baxtiyor Islomov muqaddam Farğona va Toşkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020 yil noyabrigaça jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi raisi bölgan. U 2020 yil noyabrida prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qiliş va murojaatlar bilan işlaş masalalari böyiça maslahatçisi Tursinxan Xudaybergenovning birinçi örinbosari lavozimiga












