Har kunlik iş faoliyatini olib borayotgan yoki kunlik xizmatga jalb etilgan xodim mahkumlarni uzluksiz nazorat qiliş hamda ular tomonidan jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilişini aniqlaş uçun bodikameralar bilan ta’minlanadi.

Bodikamera quyidagi hollarda işlatiladi: kun tartibidagi tadbirlarni amalga oşirişda; umumiy va kunlik tintuvlar ötkaziş hamda közdan keçiriş jarayonida; mahkumlarni JIEMga qabul qilişda; jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilganda; mahkumlar xulq-atvorini nazorat qilişda; mahkumlardan taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar olinganda; mahkumlarga nisbatan jismoniy kuç, maxsus vositalar hamda tinçlantiriş köylagini qöllaş çoğida; mahkumlarni işga olib çiqiş va undan qaytişda; mahkumlar va fuqarolarni qabul qiliş jarayonida; fuqarolardan olingan yöqlovlarni qabul qilişda hamda posilka yoki yöqlov va banderollarni tarqatiş vaqtida; mahkumlar ariza va şikoyatlarini körib çiqişda; mahkumlar uçraşuvlarini ötkaziş jarayonida; mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo va rağbatlantiriş çoralari qöllanilayotgan vaqtda hamda mahkumlar intizomiy bölinmaga kiritilayotganda va çiqarilayotganda; mahkumlar insonparvarlik dalolatnomalarini körib çiqiş davrida.

Bodikamera xodim xizmat vazifasini bajarişga kirişganidan boşlab işga tuşirilişi va naryadni topşirguniga qadar işlatilişi lozim, xizmat vazifasi bilan boğliq bölmagan işlarni bajariş vaqti bundan mustasno. Xizmat vazifasini bajariş davomida bodikamera obektivi har qanday holatda tösilişi mumkin emas.

Bodikameradan şaxsiy maqsadlarda foydalaniş, uni boşqa xodimlar, mahkumlar va boşqa şaxslarga beriş hamda öz xohişi bilan öçirib qöyiş taqiqlanadi. Bodikamera xizmat vaqtida doimo işçi holatda bölişi şart. Mahkum tomonidan xodimga xizmat davomida berilgan bodikameraga ziyon yetkaziş, uni olib qöyişga uriniş taqiqlanadi.

Mahkumlar bilan bodikamera orqali yozib olingan suhbatlarni internetga joylaştiriş, mahkum oila a’zolariga va boşqa şaxslarga beriş taqiqlanadi.