Çempionat startidagi muvaffaqiyatsizlik tasodif emas. Bu ötgan mavsumdan beri davom etmoqda
Ötgan mavsumda «Liverpul» may oyining sönggi haftalarigaça barça törtta sovringa da’vogarlik qildi. Angliya çempionatida «qizillar» 38-turgaça intrigani saqlab turişdi, Çempionlar Ligasida esa «Real» bilan finalgaça yetib borişdi, ammo yakunda sovrinlar javoniga faqat Angliya Kubogi va Liga Kubogini qöşib qöyişdi.
Ammo yangi mavsumdan oldin fanatlar orasida baribir qandaydir hadik bor edi. Klub hujumdagi köp yillik yetakçisi Sadio Maneni «Bavariya»ga sotdi, ammo qişda uning örniga kolumbiyalik Luis Diasni «Portu»dan 47 million yevro evaziga oldi. Yozda esa Erling Holandning «Siti»ga ötişiga Darvin Nunesning rekord darajadagi transferi bilan javob qaytardi. «Benfika» bonuslar bilan birga hujumçi uçun 100 million yevrogaça olişi mumkin.
Superkubok uçun bahs Angliya çempionati boşlanişidan oldingi nazorat maşqi böldi. «Liverpul» Lesterdagi öyinda «Mançester Siti»ni 3:1 hisobida yengdi. Şundan söng «qizillar» birinçi turdanoq ligani «yorib taşlaşga» tayyordek tuyuldi. Ammo dastlabki 3 ta turdan söng Klopp va şogirdlari mavsumoldi yiğini örniga bir oy quyoşda toblangandek körinmoqda.

Premer-Liganing yangi a’zosi «Fulhem»ga qarşi mavsumning ilk öyinida mersisaydliklar serb Aleksandr Mitroviçning kuçiga doş bera olmadilar va Londondan zörğa oçko olib ketişdi. «Enfild»dagi yangi mavsum «Kristal Pelas»ga qarşi öyin bilan boşlandi, ammo «qizillar» öz maydonida ham faqat bir oçko oldi. Uşbu bahs natija bilan emas, balki Klopp davridagi tajovuzkor xatti-harakati uçun birinçi çetlatiş bilan esda qoldi – urugvaylik Nunes asabini jilovlay olmadi va uç öyinlik diskvalifikatsiyani «qölga kiritdi».
3-turda «Liverpul» öz muammolari girdobida qolgan «Mançester Yunayted» bilan safarda öynadi va 1:2 hisobida yutqazdi.
Sönggi yillarda Angliya çempionati oltini uçun kuraşda «Mançester Siti»ning yagona haqiqiy raqibi bölib kelgan jamoadan bunday kuçsiz startni heç kim kutmagandi. Mersisaydliklarning sust öyinlari uçun uçta aniq sabab bor – keling, mavsumning uzoq muddatli istiqbolida voqealar qançalik yomon ekanini tuşuniş uçun ularning har birini körib çiqaylik.
Jarohatlar girdobi
«Men heç qaçon bunday haftaga duç kelmaganman. Rostini aytsam, qarorgohimizda xuddi jodugar bordek tuyulmoqda. Har kuni kimdir aqlbovar qilmas sabab bilan jarohat olyapti», degan edi Klopp matbuot anjumanlaridan birida.




















