Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Şu kungaça u Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

U bu lavozimda 2020 yil dekabridan işlagan va 2022 yil avgust oyida Toşkent şahri Çilonzor tumani hokimligiga ötkazilgan Saidqahhor Xolxöjayev örnini egalladi.

Ayni vaqtda iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorovning tört nafar örinbosari bor: Erkin Rustamovdan taşqari yana bir örinbosar Ilhom Norqulov, örinbosarlar Adiz Boboyev va Mirzohid Ubaydullayev. Yana ikki örinbosarlik örni vakant bölib turibdi.