«Biz özimizning mahalliy ruslarni taniymiz. Yangi kelganlarni esa sumkalari, portfellari, jomadonlaridan ajratib olamiz». Qozoğistonning Uralsk şahrida yaşovçi Sijo qayerga borişni bilmayotgan rossiyaliklarni izlab qatorasiga uç kundan beri köçaga çiqmoqda.

Ğarbiy Qozoğistondagi 200 ming aholiga ega Uralsk şahri Rossiyaning Yevropa qismidan qoçayotganlar uçun asosiy tranzit nuqtasiga aylandi. Safarbarlikning dastlabki uç kunida bu yerga deyarli 17 ming rossiyalik ötdi – bu mamlakatni tark etayotganlarning taxminan 20 foizi.

Sijo Uralskda «Arena» kompyuter klubi egasi bölib, har kuni u yerda safarbarlikdan qoçgan qirqqa yaqin odam tunab qoladi.

«Odamlar 30-40 kilometr masofani piyoda bosib ötişgan, tuşkun kayfiyatda, heç narsaga kuçi qolmagan. Bu joyda bepul vay-fay bor, qarindoşlarga qönğiroq qiliş, kvartira izlaş mumkin. Administratorlar ularni öz hisobidan somsa bilan mehmon qilişadi», deydi u.

«Qanday qilib yordam bermaslik mumkin? Rahmim kelyapti»

Rossiya va Qozoğiston örtasidagi çegara qariyb sakkiz ming kilometrga çözilgan. Uni bir neça önlab punktlarda kesib ötiş mumkin. Ularning köpçiligida bir neça kilometr uzunlikdagi navbatlar paydo böldi, odamlar unda sutkalab kutişga majbur.

«Bu joy – daşt, bu yerda heç narsa yöq. Hojatxona, skameyka, devor, bekat, umuman heç narsa yöq. Şunçaki dalaning örtasida turasiz. Doim şamol esadi», deydi dizayner Grigoriy.

U rafiqasi bilan «Vişnyovka» nazorat-ötkaziş punktida öttiz soatdan ortiq vaqt navbatda turganidan söng Qozoğistonga kirişga muvaffaq böldi. «Tun tuşgaç, tartibsizlik boşlandi. Heç kim navbatsiz oldinga ötib ketmasligi uçun yöl çetida galma-gal uxlab oldik. Odamlarga rahmat, körpasini berib turişdi, aks holda muzlab qolardik», deydi u.

Uralskda Rossiyadan kelganlarga mahalliy kinoteatr va kompyuter klublaridan boşpana berilmoqda

Uralskdagi kompyuter klubi egasi Sijo «huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlari bilan doimiy aloqada». Ular Sijoga qönğiroq qilişadi, joy bor yoki yöqligini söraşadi va rossiyaliklarni olib kelişadi. «Özim ham tonggi soat 6 da vokzalga borib, 20 kişini olib keldim», deydi u.