Jizzaki qöşni, uyğurlar böyiça pozitsiya va grin-karta - hafta dayjesti
|14:50 / 09.10.202234 50316 min
Komilovning bayonotini kötarolmaganlar transport yölaklarini blokada qilişga uringani ma’lum böldi. Özbekiston duç kelayotgan taşqi siyosatdagi çaqiriqlar va yakunlanayotgan haftaning boşqa muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Putinning tuğilgan kuniga orden: “diplomatik qarz” qaytarildi
Hafta davomida öz qöşnisiga uruş oçgan Rossiya bilan Özbekistonning munosabatlari jamoatçilik diqqat markazida bölib turdi. Bunga sabablardan biri – Vladimir Putinning tuğilgan kuni.
7 oktyabrda 70 yoşga tölgan Rossiya prezidenti MDH davlatlari rahbarlarini Sankt-Peterburgga, norasmiy uçraşuvga taklif qildi. Uning taklifini 7 ta davlat rahbari qabul qildi, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov esa kelmadi – norasmiy sammitda unga ajratilgan joy böş qoldi. Lekin aftidan, boşqa mehmonlar ham yiğiliş mezbonining nutqini maroq bilan tingladi deb bölmaydi.
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Peterburgdagi tuğilgan kunga bormadi. U öz tabrigini qirğiz delegatsiyasi orqali jönatib yuborgani aytildi. / Foto: Tengrinews
Prezidentlar Putinning yubileyiga sovğalar bilan kelişdi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ittifoqçisiga traktor hadya qilgan bölsa, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon qovun-tarvuz va mevalardan iborat kompozitsiya yasattirdi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev esa rossiyalik hamkasbini “Oliy darajali döstlik” ordeni bilan taqdirladi.
Jamoatçilik faollarining fikriça, bu mukofotga ortiqça urğu berib ötiriş şart emas. Ya’ni ordenni berişdan maqsad – oxirgi paytlarda ança jizzaki va ta’sirçan bölib qolgan Kremldagilarni şunçaki tinçlantiriş, xolos. Yöq joydan muammo yaratmaslik uçun qilingan oddiygina diplomatiya.
Qolaversa, iyul oyida Şavkat Mirziyoyevning tuğilgan kuniga sovğa qilingan Aleksandr Nevskiy ordenini javobsiz qoldirib ham bölmasdi. Ötgan oyda xuddi şu “Oliy darajali döstlik” ordeni Samarqandga kelgan Si Jinpingga ham berilgandi. Xitoy raisiga mukofot berilgan bir paytda, Putinning ordeniga heç qanday javob qaytmay tursa... Töğri-da, ortiqça boşoğriq kimga kerak?
Umuman olganda, bu orden, traktor va qovun-tarvuzlar öz yöliga, asosiysi – Putin tuğilgan kuniga eng katta sovğani öziga özi tortiq qildi. U çorşanba kuni Ukrainaning törtta viloyatini Rossiya tarkibiga qöşib oliş töğrisidagi qonunlarni imzoladi. Buni nişonlaş çoğida ayirmaçilar bilan qöl berişib, “Rossiya” deb hayqirdi.
Mavzuga oid
Şu hafta Rossiyadagi voqealarni kuzatganlar orasida bu davlat borgan sari Şimoliy Koreyaga öxşab ketayotganini aytganlar ham böldi. Masalan, bir xil kiyintirib, şior yodlatilgan va Putinni xör bölib tuğilgan kuni bilan tabriklagan 2 ming xodim videosi şunday taassurot uyğotmasdan qolmaydi.
Özbekistonga şimoldan esgan iqtisodiy buhron
Yuqorida aytilganidek, katta muammolarga öralaşib qolgan Rossiya rahbariyatining hozir har doimgidan ham fe’li torroq, köngli nozikroq. Natijada köp jihatdan şimoliy yönalişlarga boğliq Özbekiston ham ehtiyotkor taşqi siyosat yuritişga, milliy manfaatlarni şovqinli bayonotlar bilan emas, sokinlik va vazminlik bilan himoya qilişga majbur bölyapti. Şu hafta deputat Alişer Qodirov Kun.uz'ga bergan intervyusida oşkor qilgan fakt ham şundan dalolat beradi.
Qodirovning aytişiça, sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mart oyida Özbekiston Ukrainaning hududiy yaxlitligini qöllaşi haqida bergan bayonotidan keyin, Özbekiston uçun şimoldan iqtisodiy buhron boşlangan.
Abdulaziz Komilov mart oyida Senatdagi çiqişida harbiy harakatlar zudlik bilan töxtalişi kerakligi, Özbekiston Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qöllaşi, özini özi mustaqil deb e’lon qilgan “LDXR”ni tan olmaganini aytgan edi. / Foto: Kun.uz
“Abdulaziz Komilovning öşa çiqişi Özbekistonning eng dadil çiqişi edi. Biroq öşa çiqişdan keyin biz uçun 1 hafta iqtisodiy buhron boşlandi. Bilasizmi, Özbekistonning şimol tomondan okeanga oçiliş yönalişi 1 haftaga maxsus falajlantirildi”, – dedi deputat.
Eslatib ötamiz, öşa voqeadan keyin Komilov vazir lavozimidan ozod etilgan edi. Şundan keyin u Xavfsizlik kengaşi kotibining örinbosari, prezidentning taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili etib tayinlangan.
Rossiyadagi inson huquqlari va uyğurlar masalasi: Özbekistonning pozitsiyasi
Yodingizda bölsa, bundan ikki yil oldin Özbekiston öz tarixida ilk marta BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşiga a’zo bölgan edi. Özbekiston Jyenevada joylaşgan bu kengaş a’zoligiga uç yil muddatga saylangan. Şu hafta kengaşning 51-sessiyasi bölib ötdi va unda Rossiya va Xitoyga taalluqli masalalar ham ovozga qöyildi.
Ulardan biri – Rossiyada inson huquqlarining buzilişi holatlarini monitoring qiliş uçun kengaşning maxsus vakili lavozimini joriy etiş masalasi edi. E’tiborlisi, rasmiy Toşkent bu masalaga heç qanday munosabat bildirmadi va ovoz bermadi. Boşqaça aytganda, Özbekiston Rossiyada söz erkinligi va boşqa inson huquqlari oçiqçasiga buzilayotganini inkor etgani yöq. Bu masalada faqat 6 ta davlat, şu jumladan Qozoğiston qarşi ovoz berdi. Kengaşga a’zo 42 ta davlatdan 17 tasining yoqlab ovoz berişi natijasida taklif qabul qilindi va endi BMT kengaşida Rossiyadagi inson huquqlari buzilişini monitoring qilib boruvçi maxsus ma’ruzaçi lavozimi joriy etiladi.
Ikkinçi masala – Xitoyning Şinjon-Uyğur muxtor viloyatidagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyat edi. Özbekiston bu masala böyiça kengaşning maxsus yiğilişini ötkazişga qarşi ovoz berdi. Özbekiston, Qozoğiston va yana 17 ta davlatning qarşi ovoz berişi natijasida kengaşda bu masala muhokama qilinmaydigan böldi.
Şinjonda 26 millionga yaqin aholi yaşaydi. Şuning salkam yarmi – uyğurlar / Foto: Encyclopedia Britannica
Şinjondagi musulmon aholi – Xitoy uçun xuddi Tayvan kabi eng nozik mavzulardan. Xalqaro huquq taşkilotlari Xitoy hukumatini uyğurlarga qarşi yuqori texnologik kuzatuvlar olib boriş va majburiy mehnat lagerlariga jönatişda ayblab keladi. Rasmiy Pekin esa lagerlar köngilli ta’lim va malaka oşiriş uçun taşkil qilinganini aytadi.
Avgust oyida BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissar boşqarmasi Şinjon-Uyğur muxtor viloyati böyiça uzoq kutilgan hisobotini e’lon qilgandi. Hujjatda mintaqadagi uyğurlar va boşqa musulmon ozçiliklar huquqlarining buzilayotgani tafsilotlari bayon etilgan, lekin AQŞ va boşqa davlatlar aytayotgan ayblov – “genotsid” haqida söz yuritilmagan.
Foto: AFP / Getty Images
Toşkent va Ostonaning bu masalada Pekin tarafda turgani bu mamlakatlar taşqi siyosatda inson huquqlari va boşqa ideallarni emas, pragmatik milliy manfaatlarni ustun qöyişi bilan izohlanişi mumkin. Eslatib ötamiz, Si Jinping ötgan oyda Samarqandga kelişidan oldin Ostonaga ham taşrif buyurgandi.
Qolaversa, Özbekiston Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat boşqalarning içki işlariga aralaşmaslik tamoyiliga amal qiladi. Konstitutsiyaning yangilanişi jarayonida bu modda töldirilib, undagi “çegaralarning daxlsizligi”ga qöşimça ravişda “davlatlarning hududiy yaxlitligi” degan sözlar ham kiritilişi kutilyapti. Tuşunarliki, Özbekistonning uyğurlar, Tayvan va Ukraina masalalaridagi pozitsiyasi aynan şu hududiy yaxlitlik va milliy manfaatlar ustunligi prinsiplaridan kelib çiqadi.
Senator nomiga doğ tuşirildimi?
Abira Husaynova / Foto: Senat matbuot xizmati
Konstitutsiya yangilanayotganini eslatişimizga boşqa sabab ham bor. Şu hafta senatorlardan biri boş qomusda allaqaçon bor qoidani yangi Konstitutsiya loyihasiga kiritişni taklif qilib, kulgiga qoldi.
“Konstitutsiyada “Xotin-qizlar va erkaklar qonun oldida teng huquqlidirlar”, degan norma kiritilişini taklif qilaman”, deya yozdi senator Abira Husaynova “Milliy tiklaniş” gazetasi orqali qilgan çiqişida. Vaholanki, amaldagi qomusda bunaqa qoida 30 yildan beri bor. 46-moddada: “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” deb yozib qöyilgan.
Senatorning bu çiqişi maşhur bölib ketgaç, ijtimoiy tarmoqda hazilomuz izohlarga sabab böldi. Ayrimlar Toşkent şahriga poytaxt maqomini berişni “taklif qilgan” bölsa, boşqalar Senatga senatorlar saylansin degan “taklif”ni örtaga taşladi.
Eslatib ötamiz, Konstitutsiyani özgartiriş böyiça referendum qaçon ötkazilişi hozirça aniq emas. Ayni paytda ovozga qöyiladigan yakuniy qonun loyihasi tayyorlanyapti. Prezident Sirdaryoga safarida “xalqçil Konstitutsiyani yaratiş uçun şoşilmaslik kerakligi”ni ta’kidladi.
Juma kuni Senat yalpi majlisida referendumda ovoz beriş tartibini özgartiriş haqidagi qonun ma’qullandi. Natijada Konstitutsiya böyiça referendum moddama-modda tartibida emas, taklif qilingan butun bir loyiha yaxlit holda bölişi deyarli aniq böldi. Ya’ni fuqarolarga beriladigan byulletenlarda har bir moddaga alohida-alohida munosabat bildiriş imkoniyati bölmasligi mumkin.
Yaqin qarindoşlar örtasidagi nikoh taqiqlanişi mumkin
Yaqin qarindoşlar örtasidagi nikohlarning salkam 60 foizi Qaşqadaryo va Surxondaryoga töğri keladi. / Foto: Kun.uz
Özbekistonda yon şajara böyiça yaqin qarindoşlar örtasida nikoh tuziş taqiqlanişi mumkin. Bu taklif Oila kodeksiga yangi normalar qöşiş haqidagi qonun loyihasiga kiritilgan.
Agar qonun qabul qilinsa, amakivaçça yoki xolavaçça kabi qarindoşlik darajasiga ega fuqarolarning oila qurişi mumkin bölmaydi. Sababi esa tuşunarli – yaqin qarindoşlar örtasidagi nikohdan nogiron bolalar tuğilişi juda köp uçraydi.
Statistikaga köra, Özbekistonda 1 yoşga tölmagan, lekin nogironligi bor çaqaloqlar soni 2 yil içida 30 foizga köpaygan. Bundan taşqari, 1 yoşgaça tuğma nuqsonlar, deformatsiya va xromosom buzilişlarga uçragan bolalar soni 18 foizga oşgan.
2021 yilning ikkinçi yarmida Özbekiston böyiça yaqin qarindoşlar örtasida 1210 ta nikoh tuzilgan. Bu nikohlarning 529 tasi xolavaçça, 307 tasi toğavaçça, 196 tasi ammavaçça, 178 tasi amakivaççalar örtasida tuzilgan. Qarindoşini kelin qiliş yoki qarindoşiga qiz uzatiş holatlarining salkam 60 foizi Qaşqadaryo va Surxondaryoga töğri keladi.
Tuğiliş va nikohlar böyiça ayrim raqamlar
Şu hafta Özbekistondagi oilalar haqida yana boşqa qiziqarli raqamlar ham e’lon qilindi. Ma’lum bölişiça, çaqaloqlarga eng köp qöyilayotgan ismlar röyxatida yetakçilar özgarmagan: tuğilayotgan çaqaloqlarning har 20 tasidan bittasiga yo Muhammadali, yoki Soliha deb ism qöyilyapti. Bu ikki ism uç yildan beri Özbekistonda çaqaloqlarga eng köp qöyilayotgan ismlar bölib turibdi.
Davlat statistika qömitasi e’lon qilgan yana bir statistikaga köra, Özbekiston tuğiliş körsatkiçi böyiça MDHda birinçi örinda boryapti. Ötgan yili mamlakatimizda 905 ming nafar çaqaloq tuğilgan va har mingta aholiga tuğiliş koeffisenti 25,9 ni taşkil etgan. Bu körsatkiç Qozoğiston va Qirğizistondan taşqari mintaqaning boşqa davlatlaridan 2-3 baravarga köp.
Afsuski, hafta davomida oçiqlangan statistikalarning hammasi ham quvonarli emas. Rasmiy ma’lumotga köra, yil boşidan avgust oyigaça Özbekistonda 20 yoşga tölmagan 372 nafar ayol nikohdan ajraşgan. Bu – hali yigirmaga tölmagan ayollardan haftasiga 10 tasining turmuşi buzilib, qizlik uyiga qaytib kelyapti degani.
Grin-karta oyligi boşlandi
Internetda hazillarga sabab bölayotgan surat / Foto: Troll.uz Telegram-kanali
Millionlab vatandoşlarimiz uçun haftaning muhim voqealaridan biri – grin-karta mavsumining boşlanişi böldi. AQŞga doimiy yaşaş uçun köçib ketişni istovçilar 5 oktyabrdan 8 noyabrgaça viza lotereyasida qatnaşiş uçun ariza berişlari mumkin.
Şu yildan boşlab özbekistonliklar grin-karta öynaş uçun xorijga çiqiş pasportini olmasa ham böladi. Çunki endi anketa töldirayotganda fuqaroning pasport ma’lumotlari söralmaydi. 2019 yilda, AQŞda migratsiyani jini suymagan Donald Trampning prezidentligi paytida joriy qilingan bu talab hozir bekor qilingan.
Eslatib ötamiz, dunyo böylab ötkaziladigan bu lotereyada har yili 2 milliondan ortiq Özbekiston fuqarosi iştirok etadi. Bu yil ulardan 5511 nafariga yutuq çiqqan. Bu – dunyo böyiça uçinçi eng yuqori körsatkiç. Lekin, lotereyada yutuq çiqdi degani Amerika vizasini aniq olasiz degani emas.
Telefon raqamni özgartirmasdan boşqa kompaniyaga ötiş: bu va’da amalga oşişi çözilib ketdi, lekin Şermatov xijolat emas
Şerzod Şermatov / Foto: uznews.uz
Özbekistonliklarni “mobil qullik”dan çiqariş böyiça işlar qaçon yakuniga yetişi hali ham aniq emas. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Şerzod Şermatovning aytişiça, bu boradagi “texnologik yeçimlar” deyarli tayyor bölgan, lekin masalaning “tegişli organlar bilan kelişadigan joylari” qolgan.
“Bir operatorda işlatayotgan raqamingizni boşqa operatorga ötkaziş uçun texnologik yeçim deyarli işlab çiqilgan. Integratsiya va xavfsizlik masalalari qolgan. Ya’ni sizning nomingizdan boşqa odam kimgadir telefon qilişi kabi muhim xavfsizlik jihatlari bor. Boşqa davlat organlari bilan bu işlarni oxiriga yetkazamiz”, – dedi Şermatov.
Dunyoning köp davlatlarida telefon raqamini özgartirmagan holda aloqa kompaniyasini almaştiriş mumkin. Kompaniyaning xizmat sifati yoqmayaptimi, bemalol boşqa kompaniyaga ötaverasiz, buning uçun raqamingizni almaştirişingiz şartmas.
Bunaqa tizim Özbekistonda ham böladi deb ilk marta va’da berilganiga naq 5 yil böldi. Ikki yil oldin bu borada hatto normativ hujjat ham qabul qilingan. Öşanda AKT vazirligi “2021 yil oxirigaça tizim töliq amaliyotga joriy etiladi” deb e’lon qilgan edi. 2022 yil tugayapti, vazirning gaplarini esa özingiz eşitib turibsiz.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Toşkentdagi "Seul Mun" majmuasi qurilişi sabab Börijar kanali böyidagi daraxtlarga qirğin kelgan. / Foto: Maxar / Google Earth
Çilonzordagi quriliş maydonida 700 ga yaqin daraxt yöq qilingani ma’lum böldi. Holat “Seul Mun” majmuasi qurilayotgan hududda röy bergan. Ekologiya vakilining aytişiça, quruvçilar daraxtlarni göyoki köçirib ötkazişganini aytgan, lekin buni isbotlab bera olişmagan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Şavkat Mirziyoyev Vengriyaga ikki kunlik rasmiy taşrifni amalga oşirdi. Yevroittifoqning Rossiyaga eng yaqin bu a’zosi 2021 yildan beri Özbekistonning ham strategik şerigiga aylangan. Jizzaxda qurilajak AESda Vengriyaning sovitiş tizimlaridan foydalaniladigan böldi.
Turkistonbank va Hi-tech bank'ning litsenziyasi bekor qilindi. Markaziy bank bayonotiga köra, bu ikki xususiy bank muntazam ravişda prudensial talablarni buzib kelgan. Turkistonbank va Hi-tech bank aktivlari hajmi böyiça Özbekistondagi banklar orasida 26- va 29-örinda edi.
Özbekiston banklarida yana naqd dollar tanqisligi kuzatila boşladi. Bir neçta banklar naqd valuta sotişga çeklovlar kiritişga majbur böldi. Bu Rossiyadan spekulyativ amaliyotlar haddan taşqari köpayib ketgani bilan izohlanyapti. Ayni paytda, safarbarlikdan qoçib kelayotgan rossiyaliklar sabab Toşkentda ijara va mehmonxona narxlari keskin kötarilib boryapti.
3 nafar sobiq sudya qamoqqa olingani oydinlaşdi. Kun.uz'ning aniqlaşiça,qamoqqa olinganlardan ikki nafari Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudida işlagan va mansab vakolatidan foydalanib, davlat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazganlikda gumonlanyapti.