13:30 / 10.01.2023
5262

AQSh Ukrainaga Stryker bronetransportyorlarini berishga tayyorlanyapti

Foto: Getty Images

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga tayyorlanayotgan yangi yordam paketiga Stryker bronetransportyorlari (piyoda askarlarni olib yurish va razvedka uchun belgilangan zirhli avtomashina)ni kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Politico internet nashrining AQSh Mudofaa vazirligidagi muhokama mavzusidan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi, bu esa Kiyevga Rossiya qo‘shinlarining kutilayotgan bahorgi hujumiga qarshi turishga yordam berishi kerak. 

Pentagon matbuot xizmati ushbu ma’lumotni rasman izohlashdan bosh tortdi.

Bundan oldin Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketining bir qismi sifatida Kiyevga nafaqat Bradley zirhli mashinalari va Patriot zenit tizimlari, balki Oq uy e’lon qilgan RIM-7 Sea Sparrow ("Dengiz chumchuqlari" ) boshqariladigan raketalari bilan ham ta’minlashi xabar qilingandi.

Sea Sparrow - bu Raytheon korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan yarimfaol radiolokatsion jihozga ega bo‘lgan "kema-havo" sinfidagi boshqariladigan raketa. U havodagi nishonlarni tutib olish uchun mo‘ljallangan.

"Dengiz chumchuqlari" 1976 yilda Qo‘shma Shtatlar armiyasi tomonidan qabul qilingan, ammo deyarli yarim asr o‘tgach, ushbu raketalarning takomillashtirilgan versiyalari AQSh dengiz floti va dengiz piyodalari korpusi, shuningdek, boshqa mamlakatlar flotlari tomonidan qo‘llanadi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top