«Yedinaya Rossiya» boş kengaşi kotibi Andrey Turçak Dubayda suratga tuşgani uçun partiya guvohnomasidan mahrum etişga va’da bergan Vologda viloyati qonunçilik majlisi deputati Denis Doljyenko, ehtimol, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning qizi Kseniya bilan BAAda bölgan. Bu haqda 10 yanvar, seşanba kuni Doljyenkoning ijtimoiy tarmoqlaridagi suratlarni örgangan SOTA naşri yozmoqda.

6 yanvar kuni deputat yugurişga çiqqan vaqtida olingan suratni e’lon qilib, bu joy Dubaydagi qirğoq ekanini belgilagan. Turçak uruş paytida Dubayda dam olişni nomaqbul deb hisoblab, suratga munosabat bildirdi.

«Qiyin kunlar kuçli odamlarni dunyoga keltiradi. Bizning frontdagi yigitlarimiz kabi. Ularga yordam berayotganlar kabi. Ular haqiqat bilan aloqani yöqotganlarning örniga kelişadi. Uşbu bayram kunlari bir qança rezonansli vaziyatlar sodir böldi.  «Yedinaya Rossiya» deputatlaridan ayrimlar yetarli darajada vatanparvarlik körsatmadi. Hayotda köp narsalarni qiliş mumkin – yuguriş, şönğiş, çanğida uçiş. Ammo hamma narsaning öz vaqti va joyi bor», deb yozgan Turçak Doljyenkoni partiya guvohnomasidan mahrum qilişga va’da berib. 

Deputatning özi RBK'ga u partiya a’zosi emasligini va partiya guvohnomasiga ega emasligini aytdi.

Ertasi kuni Doljyenko mudofaa vaziri Sergey Şoyguning qizi Kseniy Şoygu bilan qöşma suratni joylaştirdi. Surat ostida u «Vologda» geotegini körsatdi. SOTA Vologdada yöq bölgan Louis féraud butikining belgisiga e’tibor qaratdi.

Naşr poldagi belgilarni Dubaydagi dökonlardagi fotosuratlar bilan taqqoslab, surat The Dubai Mall'da olinganini aniqladi. Rasm qaçon olinganligini e’lon qilingan fotosuratdan aniqlab bölmaydi.

Sentabr oyida "Proyekt" naşri Turçakning oilasi 2014 yildan beri siyosatçining döstlari nomiga röyxatdan ötkazilgan Kanndagi haşamatli villadan muntazam foydalanayotganini aniqladi. Uning rafiqasi Fransiya janubiga tez-tez taşrif buyuradi. "Proyekt"ning havo sayohatlari ma’lumotlar bazasiga tayanib ma’lum qilişiça, u 2014 yildan beri Kannga 20 martadan köproq parvoz qilgan, oxirgi parvoz 2022 yil fevralida bölgan.