Ukrainada uruşning 320-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qurolli kuçlari 5 yanvardan buyon Soledarni «kuçli darajada şturm» qilmoqda — bu rossiyaliklar uçun muhim operativ maqsad hisoblangan Baxmut yaqinida joylaşgan şahardir.
- Ukraina rasmiylari Oçakov böylab berilgan zarbalar oqibatida 100 dan ortiq uy şikastlangani, 15 kişi yaralanganini ma’lum qildi.
- Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengaşi a’zosi Yeva Merkaçevaning xabar qilişiça, Ukrainadagi uruş uçun yollangan mahbuslar Vladimir Putinning maxfiy farmoni bilan afv etilgan — va bu ular koloniyani tark etib, harbiy harakatlar hududiga yöl olişidan oldin röy bergan.
- «DXR» vakillari Baxmutdan 11 kilometr masofadagi Baxmutskoye aholi yaşaş manzili «ozod etilgani» haqida xabar berdi. Ukraina tomoni hozirça bu bayonotga munosabat bildirmadi.
- Samara oblasti rahbariyati Makiyivkadagi baza öqqa tutilişi oqibatida yaralanganlarning röyxatini e’lon qilmaslikka qaror qildi.
Kunning asosiy voqeasi. Soledar uçun jang
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari Ukraina armiyasining Soledar şahri atrofidagi mudofaa çiziğini yorib ötgan — Donetsk oblastidagi bu şahar Baxmutdan ön kilometr masofada joylaşgan. «Barçasi butkul vayron bölgan, şaharda hayot alomatlari qolmagan. Va minglab odamlar ğoyib bölgan: Soledar atrofidagi yerlar bosqinçilarning jasadlari va zarbalardan hosil bölgan çandiqlar bilan tölgan», — deya vaziyatga izoh bergan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Vagnerçilarning hujumlari davom etmoqda: Soledar markazida şiddatli janglar ketmoqda. Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti (ISW) har kungi hisobotida ma’lum qilişiça, vaziyat ukrain kuçlari uçun «juda murakkablaşgan», janglar davomida şahar Rossiya harbiylari nazoratiga ötişi kutilmoqda. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi razvedkaga asoslanib qayd etişiça





























