Ijtimoiy tarmoqlarda yoş bolaning hovlida ilonni uşlab yurgani va bu harakatni amalga oşirişga uning otasining özi undayotgani haqida video tarqaldi.
Toşkent viloyati hokimligi xabariga köra, voqea Ohangaron tumanining Göşsoy mahallasida 2022 yilning iyun oyida sodir bölgan.
Holat yuzasidan Ohangaron tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş bölimi boşliği «Göşsoy» MFYda yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan fuqaro F.N.ning xonadonida bölgan.
U fuqaro bilan yoş farzandi öynaşiga yöl qöyib bergani, bu bola hayoti va soğligiga xavf solişi mumkinligi hamda bunday videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligi haqida suhbatlaşib, tuşuntiriş işlarini olib borgani aytiladi.
Fuqaro öz qilmişi töğri bölmaganini tan olib, xatti-harakatlari oqibatida farzandiga zarar keltirişi haqida öylamagani, holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatişi boşqalar uçun ham zarar keltirişi mumkinligini bilmaganini ta’kidlab, kelgusida bunday holatlarga yöl qöymasligini aytib ötdi.
"Şu örinda, fuqarolardan har qanday holatda ham yovvoyi hayvonlarga duç kelgan taqdirda özingiz, farzandingiz va yaqinlaringizning hayotiga befarq bölmaslikni, turli jonzotlarning zararsiz ekanini tarğib qilişga qaratilgan axborotlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirişdan saqlanişni sörab qolamiz", deyiladi rasmiy ma’lumotda.

















