«Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov öz sahifasi orqali taşkilotlarni maktablarda öqiş jarayonlarini tiklaş qarorini qayta körib çiqişga çaqirdi.
«Biz mahalliy davlat hokimiyati organlari va ta’lim jarayonlariga mas’ul hududiy idoralarni maktabgaça va maktab ta’limi muassasalarida öqiş jarayonlarini keyingi haftadan boşlaş masalasini körib çiqişga çaqiramiz.
Avvalo, anomal sovuq va yoğingarçilik şaroitida öquvçilarning ta’lim muassasasiga yetib kelişi keskin qiyinlaşadi. Ayrim qişloqlarda bolalar bir neça kilometr piyoda yurib maktabga qatnaşini inobatga oliş zarur.
Qolaversa, murojaatlarga köra, qator hududlarda maktabgaça va maktab ta’limi muassasalarida isitiş tizimlari tölaqonli yölga qöyilmagan.
Öqişni boşlaşning aniq muddatini belgilaş qarori nafaqat ta’lim muassasalari ma’muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlaşgan holda qabul qilinişi lozim», deya yozgan u.
- Eslatib ötamiz, yanvar oyi boşida Özbekistondagi ta’lim taşkilotlarida anomal sovuq sabab qişki ta’til 18 yanvargaça uzaytirilgandi.
- 10 yanvar kuni Oliy ta’lim vazirligi 11 yanvardan universitet, texnikum, kollej va litseylarda darslar boşlanişini e’lon qildi. Şuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlaridagi ta’lim muassasalarida, jumladan maktablarda ham 11 yanvardan öquv jarayonlari boşlanişi ma’lum qilindi.

















